1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi


Jismoniy (harakat) sifatlarini rivojlantirish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana11.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1189158
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Mavzu

 Jismoniy (harakat) sifatlarini rivojlantirish. Jismoniy(hara kat) sifatlarining 
ta’rifi, ularni shakllantirish, kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, mushaklarning 
egiluvchanligi va bo‘g‘inlar harakatchanligini namoyon qilish bu inson organizmining 
hayotiy faoliyati davomdagi zaruriyat ekanligiga oid bilimlar majmuyini 
darsligimizning birinchi qismida keng yoritlganligini takidlab maktabgacha 
yoshdagilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish muammolariga to‘xtalishni lozim ko‘rdik. 


Maktabgacha yoshidagilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishni yoshi 
dinamikasi B.S.Farfel (1957, 1959), F.G.Kazaryan (1969), L.V.Karmanova (1971), 
N.A.Fomin, B.P.Filin (1980) va boshqalarning tadqiqotlari orqali ochib berilgan. 
Olimlarning fikricha, bola hayotining oltinchi yili kuchni (G.M.Kasatkina, 1982; 
V.N.Novoxatko, 1982), jumladan, tezlik-kuchi qobiliyati hamda harakat tezkorligini 
(N.A.Notkina, 1980; M.N.Koroleva, 1985) tarbiyalashning qulay(sensitiv) davri 
hisoblanadi. 
Olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish, qobiliyati saqlanib qoladi 
va umumiy chidamlilikpi tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo‘ladi (N.V.Zimkin, 1956; 
V.G.Frolov, 1977; G.P. Yurko, A.V.Yashchenko, V.V.Beloyarseva, 1976; 
N.A.Notkina, 1980 va b.). 
T.Yu.Logvinaning (1991) fikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, 
egiluvchanlik, makonda mo‘ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo‘ladi, asosan 
o‘g‘il bolalarda ushbu ko‘rsatkichlar qizlarga nisbatan yuqoriroq.
Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarning rivojlanish darajasi bobida o‘g‘il 
bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy tarbiya 
jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar.
S.B.Kakabadze, 1971; Z.I.Kuznesova, va b., 1974; A.E.Lyubomirskiy, 1979 va 
boshqalari yetti yoshgacha o‘g‘il bolalar va qizlarning jismoniy sifatlari rivojlanish 
darajasidagi farqi u qadar jiddiy emas, uni jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda 
e’tiborga olish shart emas, deb hisoblaydilar. Ba’zi lari esa maktabgacha yoshdagi 
bolalar jismoniy tarbiyasi va ularning STT jismoniy madaniyati mashg‘ulotlarida 
jinsidan kelib chiqib turlicha yondashish maqsadga muvofiqligini takidlaydilar 
(M.N.Koroleva, 1985; E.S.Bilchkovskiy, 1989).
Bolaning maktabgacha yoshi davomida harakat malakalarini shakllantirish 
uchun g‘amxo‘rlik qilish orqali zarur darajadagi chaqqonlik, tezkorlik, kuch va boshqa 
sifatlarni rivojlantirish ota-onalar va maktabgacha yoshdagilarning o‘quv muassasalari 
oldidagi birinchi navbatdagi vazifalari bo‘lib, STT jismoniy madaniyatining amaliy 
malakalari va uning odobiga oid nazariy bilimlar poydevori, harakatlar, mashqlar 
bajarishga odat shu yoshdan shakllantiriladi.
Bolaga tug‘ilganidayoq, uning qoniga alohida rivojlanishning irsiy dasturlari 
tomonidan joylashtirilgan jismoniy imkoniyatlarning tegishli yig‘indisi ato etilgan 
bo‘ladi. Organlar, organizm tuzilmalarining biologik yetilishi davomida shaxsiy 
imkoniyatlar rivojlanib(E.A Pimonova (1990), L.V. Karmanova(1992) va boshqalar), 
so‘nggi 20 yil mobaynida bolalarning jismoniy rivojlanishida qayd etilgan umumiy 
ijobiy yo‘nalishlari (gavdaning barcha o‘lchamlari kattalashuvi) fonida ularning 
harakat tayyorgarligida sezilarsiz o‘sish kuzatiladi, bir qator ko‘rsatkichlar - tezkorlik, 
tezlik-kuch, imkoniyatlari esa nisbatan bir oz pasayadi. 


Shunga qaramasdan qator mutaxassislarimiz (E.N.Vavilova, 1974,1980; M.Yu. 
Kistyakovskaya, 1980; A.V. Volkov, 1981; E.S. Vilchkovskiy, 1983)jismoniy 
sifatlarni maqsadli tarbiyalashni aynan maktabgacha yoshdalik davridan boshlanishi
ijobiy natija beradi deb hisoblaydilar. 
Maktbgacha yoshdagilarning jismoniy sifatlaridan chaqqonlik, tezkorlik, 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling