1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi


 Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana11.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1189158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy 


tarbiyasining vositalari 
Maktabgacha ta’lim yoshi asosan 3-7(6) yoshdalik – ilk bolalik davri ni o‘z 
ichiga oladi. Bu yosh davomida bola organizmi to‘liq rivojlanishda davom etib
jismoniy tayyorgarligi darajasi ortadi, organizmning hayotiy-zaruriy harakat 
malakalari va ko‘nikmalarining zahirasi e’tiborli darajada shakllanadi. 
Maktab yoshigacha bolalar jismoniy tarbiyasi jarayonida - jismoniy mashqlar, 
tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlari, gigenik omillar asosiy vositalar sanaladi va 
ularni tarbiya jarayonidagi muhim ahamiyati hozirgi kun jismoniy tarbiya 
amaliyotida isbotlangan. Yuqoridagilarni ta’siridan tashqari bolaning kunlik harakat 
faoliyati (har kunlik harakatlari, rasm olish, chizish, va boshqa turli xildagi o‘yinlar, 
musiqa, jismoniy mehnat) shunday rejalashtirilsinki, bularning barchasi uning 
rivojlanishiga imkoniyatni kengaytirsin.
Chunki, bu yoshdagilarning organizmining hayotiy funksiyalari belgilangan 
ritm asosida kechadi. Inson bir xil ritmda nafas oladi, yuragi bir xil ritmda uradi, 
oshqozoni har 3-4 soatda tizimli ravishda qabul qilingan ovqatdan bo‘shaydi, uyquning 
kechishi ham ma’lum ritmga bo‘ysunadi va boshqalar. Shuning uchun ritmlilik 
belgilangan kun tartibini ushlashni taqazo etadi. Bu ritmlarga rioya qilish ularning 
organizmidagi harakat sifatlarini tarbiyalash uchun ta’aluqli bo‘lib, tarbiya vositalaridan 
samarali foydalanishga ta’sir ko‘rsatadi. 
Maktabgacha yoshdagilarning organ va tuzilmalari va ularda kechadigan 
jarayonlardan foydalanib chidamlilik sifatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Yurish, 
yugurish, suzish va velosipedda yurishdek mashqlarni me’yorini teng barobarga ortirilsa 
bu sifat rivojlanishga yuz tutadi. Albatta ularning yoshi va jismoniy tayyorgarligi hisobga 
olinishi lozim.
Bu yoshda harakat tayanch apparati egiluvchan bo‘ladi. Uni qobiliyatini 
susaytirmaslik uchun jismoniy mashqlarni yoshiga to‘g‘ri keladiganlarini 
barchasidan foydalanish lozim.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling