- ertalabki gimnastika bilan shug‘ullanish, o‘yinlar o‘ynash, rolikli chang‘i,
konkilarda yurish va boshqalar - mashqlarni bajarish yoki uni o‘zlash
tirish
jarayonida yuklamani asta-sekin oshirib borish zaruriy qoidaga aylantirish;
- gimnastika mashqlari quvnoq kayfiyat berishi uchun mashqlarni va o‘yinlarni
har bir bolaning o‘ziga mos holda tanlash;
- eng kichik yoshdagilar uchun asosan “taqlid”
mashqlaridan foyda lanish; -
mashqlarga qiziqtirish uchun bolada faol harakatlanish ista gani uyg‘otish,
mashqlarni bajarganligi uchun ularni nisbatan ko‘proq maqtash, rag‘bat lantirishni
ahmiyati katta.
Quyida biz 1 yoshdan 3 yoshga to‘lganlar uchun
gimnastika mashqlarining
kompleksini tavsiya qildik.
Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun gimnastika
mashqlari kompleksi:
1-mashq (12-rasm). Qo‘llarni bukish va yozish (halqa bilan). Dastlab ki holat sherik
(bola yoki katta odam) bilan turib,
6—10 marta takror lanadi.
2-mashq. Tizzalarni ushlab mustaqil ravishda o‘tirish va dastlabki ho latga qaytish.
Dastlabki holat— chalqancha yotish.
3—6 marta takrorlanadi.
3-mashq (13-rasm). Umurtqa pog‘onasini zo‘riqtirib egish. Mashq qorin bilan (stolda
yoki qattiq kushetkada) oyoqlarni katta odamga qaratib yotqzib bajariladi.
4-mashq. Halqa bilan cho‘nqayib o‘tirish. Mashg‘ulot
dastlabki holatdan turgan
holatda (polda) sherik (bola yoki katta odam) bilan bajariladi. Katta odamning ko‘rsatmasi
bilan bola o‘tiradi, keyin oyoqlarini rostlab oyoq uchida turadi. Oyoqlar parallel qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: