1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi
-mashq. Turgan joyda sakrash. 6—12 marta takrorlanadi. Yurish ga o‘tiladi. 20—25 sekund
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3—6 yoshdagilar
6-mashq. Turgan joyda sakrash. 6—12 marta takrorlanadi. Yurish ga o‘tiladi.
20—25 sekund. 7-mashq. Qo‘llar ikki tomonga yoziladi (nafas olinadi) va pastga tushiri ladi (nafas chiqariladi). Ertalabki gimnastikadan tashqari, maktabgacha yoshidagilar bilan gimnastika mashg‘ulotlari(dars) o‘tkaziladi. Umumiy sog‘lomlashtiruvchi vazifalar bilan bir qatorda mashg‘ulotlar paytida bolaning asosiy harakat malakalari rivojlantiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola gimnas tikasiga umumrivojlantiruvchi mashqlar, shuningdek, qomat buzilishining va yassi oyoqlikning oldini oladigan maxsus mashqlar albatta kiritiladi. Mashg‘ulotlarda turlijihozlar va anjomlardan: arg‘amchilar, gimnas tika tayoqlari, koptoklar, lentalardan foydalaniladi. Ular mashg‘ulotlarni turli-tuman, qiziqarli tashkillash imkonini beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola hayotida o‘yinlarga katta ahamiyat beriladi. Bola o‘yin o‘ynar ekan, atrofidagi dunyoni tushunadi, bu unga huzur va quvonch beradi, bola har tomonlama rivojlanadi. O‘yinlar vaqtda turli harakatlar, faollik namoyon qilish, intizom, qat’iyatlilik kabi muhim xislatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshidagilarning o‘yinlarida rahbarlar ishtirok etishi shart. Ota-onalarning hovlida, uyda, bog‘da yoki xiyobonda tashkillangan uyinlarda o‘zlarining ishtirokining tarbiyaviy ahamiyati katta. Bolalarning 3—4 yasharlik davrida tafakkuri aniq, diqqat barqaror bo‘ladi, shu sababli, ularning o‘yinlari mazmuni qiyin bo‘lmasligi kerak (masalan, «qushlar uchib ketdilar va inlariga qaytdilar»). Bu yoshdagi bolalar bir-birlaridan o‘zish uchun o‘ynamaydilar. Ular harakatlarning natijalariga emas, balki o‘ziga qiziqadilar. O‘yinlar davomida uni sharhlash, so‘zdan foydalanish bolalarni fikrlashga, tashabbuskorlikga o‘rgatadi. So‘z belgilangan vazifani bajarishda signal rolini bajarishi, lozim bo‘lsa qisqa satrli aytishuvlar, she’rlardan foydalanishning ahamiyati katta. Ular harakat ritmini his qilish, bolalar nutqning rivojlanishida vosita rolini o‘ynaydi. 3—6 yoshdagilar mustaqil uyinlari paytida hayotda ko‘rganlarini turli obrazlar shaklida, rasmlar, eshitgan ertaklaridagi qahramonlarni qo‘shishni yoqtiradilar. O‘yinlarga musobaqa elementlarini ham qo‘shish mumkin (masalan, birorta daraxtga kim oldin yetib borish). Harakat uyg‘unligini, chaqqonlikni rivojlantiradigan o‘yinlarni ham o‘ynash mumkin. Tez yugurishga, itqitishga, to‘siqlardan sakrashga o‘rgatadigan o‘yinlarni o‘ynash, ularni asta-sekin murakkablashtira borish bilan, harakatlarni aniq bajarish talab qilinishini tarbiyaviy ahamiyati katta. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling