1-mavzu. Materiyada moddalarni mavjudligi va ularni xarakatlarinishi. (2 soat) Reja


  Molekulalar to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Molekulalarning harakatlanish


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1567184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Маруза -1.

1. 
Molekulalar to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Molekulalarning harakatlanish 
tezligi temperaturaga bog'liq. Temperatura ko'tarilishi bilan molekulalarning 
harakatlanish tezligi ortadi. 


Molekula harakatini 1827-yilda ingliz olimi Broun mikroskopda suyuqlikdagi 
mayda qattiq zarrachalarning harakatini kuzatgan va ular uzluksiz harakat 
qilishini aniqlagan. Hozirda bu harakat Broun harakati nomi bilan ataladi va 
suyuqlik molekulalari tartibsiz ravishda uzluksiz harakatda ekanligini ko‘rsatadi. 
 Bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi 
mumkin va bu hodisa diffuziya deb ataladi. 
Broun harakati, diffuziya (masalan, hidning havoda tarqalishi), qandning 
suvda erishi va boshqa shunga o„xshash hodisalar molekulalar mavjudligi hamda 
doimo harakatda ekanligini ko„rsatadi. 
Diffuziya tezligi-haroratga, molekulalar o‟lchami va massasiga bog‟liq. 
Masalan: Eng kata diffuziya tezligiga ega bo‟lgan gaz bu vodoroddir. 
2. 
Molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar kabi 
to'xtovsiz harakatda bo'ladi. 
3. 
Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan 
farq qiladi. 
4. 
Molekulalar orasida o'zaro tortilish va itarilish kuchlari ta'sir etadi. Bu 
kuchlar qattiq moddalarda eng ko'p, gazlarda esa kam namoyon bo'ladi. 
5. 
Molekulalar orasida oraliq masofa bo'lib, uning o'lchamlari moddaning 
agregat holatiga va temperaturaga bog'liq. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa 
eng katta bo'ladi. Ularning oson siqi-luvchanligiga sabab ana shudir. Suyuqliklarni 
siqish qiyin, chunki ularning molekulalari o'rtasidagi oraliq ancha kichik bo'ladi. 
Qattiq moddalarda molekulalar o'rtasidagi oraliq yanada kichik, shu sababli ular 
deyarli siqilmaydi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling