1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
-mavzu. Mehnat psixologiyasi ekspertizasi
Download 331.92 Kb.
|
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Mehnat ekspertizasining vazifalari
5-mavzu. Mehnat psixologiyasi ekspertizasi.
Reja: Mehnat ekspertizasining tashqiliy masalalari. Mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat ekspertizasining asosiy vazifalari. Mehnat ekspertizasining obyekti. Profaol va regrofaol mehnat jarayoni. Tayanch tushunchalar: mehnat ekspertizasi, kasbga yo’naltirish,konsultasiya tanlash, mehnatga yaroqlilik, prognostik mehnat ekspertizasi, ekspert komissiyasi, retrospektiv mehnat ekspertizasi. O’quv maqsadida mehnat ekspertizasi, kasbga yo’naltirish, konsultasiya tanlash, maqsad va vazifalarni tushunish, shu bilan birga bu asosiy qoidalarni o’z o’quv yurti sharoitida g’oyat to’la amalga oshirishi imkonini o’ylashdan iborat. Mehnat ekspertizasining vazifalari Mehnat ekspertizasi - bu mutaxassislar tomonidan insonlar konkret kasbga mosligini aniqlashdir. Mehnatning u yoki bu turiga yaroqlilik quyidagilar bilan belgilanadi: kishining yoshi, sog’ligi, tayyorlik darajasi, zarur bilim, malaka va ko’nikmaga egaligi, kerakli kasblar layoqatlar yig’indisi sifatidagi talant va mazkur kasb bo’yicha ishlash istagi. Biroq u sosial hayotiga ham, kishining jinsiga xam bog’liq. Xar bir kasbda san’at o’tish sanoatida o’ziga xos bo’ladi. Shuning uchun mehnat ekspertizasi har xil bo’ladi. Ekspertiza uchun har mutaxassislar va tashqilotlar vrachlar, psixologlar, pedagoglar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, qabul komissiyasi, kadrlar bo’limi, ishchi kuchi to’plovchilar, harbiy bo’lim, vrach mehnat ekspertizasi komissiyasi (VTEK), harbiy vrach komissiyasi (VKK) mashinist-lakomatislar, shofyorlar, shaxtyorlar, tanlash bo’yicha komissiya jalb kilinadi. Mehnat ekspertizasi uning tashqiliy formasidan kat’iy nazar quyidagi umumiy masalalarni bajardi: 1. Mazkur kishi muayyan ishni boshlay oladimi. 2. U o’zi egallagan vazifa lavozimida ishlab ketadimi. 3. Mazkur kishining qaysi ishidan foydalansa yaxshirok bo’ladi. 4. Agar baxtsiz hodisa yuz bersa, u ishchi xususiyatiga qay darajada bog’liq bo’ladi, hamda xususan, uni ishga qo’yilganda xato qilinmaganmi. Bu masalalar mehnat ekspertizasida mazkur kasb vazifalari hamda ularni hal qilish metodlarini belgilaydi. Mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat ekspertizasining asosiy vazifalari. 1. Yoshi, sog’ligi, ma’lumoti psixologik yoki qandaydir boshqa sabablarga ko’ra noqobil bo’lgan kishi ishga kirishishni oldini olish. 2. Mazkur kasbga layoqatli, ixtisos bo’yicha ish vazifasini o’z sog’ligi va tegishli mehnat unumdorligiga zarar yetkazmay bajara oladigan kishilarni tanlash. 3. Bajarayotgan mehnat turiga negadir layoqatsiz bo’lib kolgan shaxsni o’z vaqtida ishdan chetlashtirish, dam berish, davolash yoki boshqa qo’li yetadigan ishga o’tkazish. 4. U yoki bu kishi mehnat - qaysi turiga layoqatli ekanini aniqlash va unga kasbiy konsultasiya tarzida u yoki bu mehnat turini tavsiya qilish. Mehnat ekspertizasining bu asosiy vazifalari har biri unga tegishli bo’lgan metod bilan xal kilinadi. Ba’zi hollarda fakat hujjatli ma’lumotlar urganadi. Boshqa hollarda o’qishga kirgan yoki ishlab chiqarishda ishlayotgan kishi bilan suhbat o’tkaziladi, uchinchi xolda mutaxassis va ekspert komissiyasi tomonidan davolash va psixologik metod tadqiqotlar amalga oshiriladi. O’z vazifasini kishi sogligini baholash orqali bajaradigan vrach mehnat ekspertizasi g’oyat aniq tashqil etilgan. Birok vrach mehnat ekspertizasi u yoki bu formada vujudga kelgan birinchi kundanoq ham vaqt psixologik ekspertiza bilan bog’liq, chunki xar qanday mehnat kishining fakat jismoniy emas, balki psixologik qobiliyatini xam talab qiladiki, bu talablar ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish sharoitida yanada ortib bormokda. Lekin psixologik mehnat ekspertizasi metodikasi va tashqiliy formalari hali unga qo’yilgan talablarni qanoatlantirmaydi. Mehnat ekspertizasining obyekti - inson (shaxsni psixologik mehnat ekspertizasini utkazish uchun) va mehnatning o’zaro munosabatlaridir. Mehnat ekspertizasi, jumladan psixologik ekspertiza ham prognostik, xam retrospektiv bo’lishi mumkin. Prognostik - psixologik mehnat ekspertizasi psixodiagnostika asosida tekshiriluvchining undan keyingi faoliyati xususiyatlarini oldindan ko’ra olish masalalarini xal qiladi. U o’rta maktabdayoq o’smirlarni kasbga yo’naltirishdan boshlanadi, so’ngra esa, ular hunar-texnika bilim yurtiga kirganlarida hamda u yerdagi o’qish jarayoni davom etib, ishlab chiqarishda yakunlanadi. O’smirlarning o’quv va ishlab chiqarishda mehnatdagi yutuq va kamchiliklarini oldindan ko’ra bilish ya’ni psixopragnostika bilan shug’ullanish g’oyat muhim va favqulodda murakkab vazifadir. O’zlashtirayotgan kasbni o’smirlarning shaxsiy fazilatlariga talablarini unda o’qish va mehnatga bo’lgan zarur qobiliyatlarining mavjudligini, o’qish va mehnatning mazkur turiga qanday rivojlanayotganini o’qish va mehnatning mazkur turiga qanday munosabatda bo’layotganini bilish kerak. O’smirga ta’lim va tarbiya berayotgan kishilar bu barcha ma’lumotlarni psixodiagnostika uchun bilishlari va ana shunday bilim asosida o’smirlarni o’quv va mehnat faoliyati muvaffaqiyatli bo’lishini oldindan aytishlari mumkin. Ayni pedagoglar ekspert komissiyasi bilan birgalikda prognostik-psixologik ekspertiza vazifalarini ham qilishlari kerak. Retrospektiv mehnat ekspertizasi tekshirilayotgan shaxsni o’tgan o’quv yoki mehnat faoliyatini baholaydi, hamda uning faoliyat sifati pasayishining har xil etaplari (brak, jarohat, avariya) ga olib kelgan xato harakatlar shaxs xususiyatlari bilan aloqasini kursatadi. Bu ishni nafaqat pedagog ham, shuningdek ekspert vrachlar va psixolog ham baholaydi. Retrospektiv mehnat ekspertizasi uchun o’rganilayotgan harakat sifatiga talabni, psixik xususiyat hamda tekshiriluvchining tahlil qilayotgan xatosi va hodisalar sodir bo’lgan paytdagi holatini bilish muhimdir. O’quvchi yoki ishchi qobiliyatini baholash, uning keyingi faoliyatini aniqlash hamda buning keyingi o’qitish u yoki bu kasb bo’yicha ishlab chiqarish ishini maqsadga muvofiqligini hal qilishi, ular retrospektiv mehnat ekspertizasi muhim ahamiyatga ega. Mehnat ekspertizasi masalalarining o’zlashtirilishini (metodi) tekshirish. 1) Mehnat psixologiyasi deb nimaga aytiladi? 2) Kishining mehnatga yaroqliligi nimalarga bog’liq. 3) Mehnat ekspertizasining vazifalarini sanab bering. 4) Nima uchun umumiy mehnat ekspertizasiga psixologik mehnat ekspertizasi xam so’zsiz qo’shiladi. 5) Prognostik mehnat ekspertizasi qanday maqsadda va kim tomonidan amalga oshiriladi.Retrospektiv mehnat ekspertizasi qanday hollarda zarur bo’ladi? Download 331.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling