1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
-mavzu. Mehnat sifati va uni ta’minlashning texnologik masalalari
Download 331.92 Kb.
|
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
13-mavzu. Mehnat sifati va uni ta’minlashning texnologik masalalari.
Reja: Mehnat sifati haqida tushuncha. Mehnat sifatini ta’minlashning psixologik omillari. Mehnat xavfsizligiga erishish yo’llari. Avariya sabablari va ularning turlari. Xato harakatlarning turlari. Mehnat sifatini ta’minlashning psixologik omillari. Tayanch tushunchalar: mehnat sifati,mehnat xavfsizligi, avariya sabablari, xato harakatlar, xavfsizlik xizmati, baxtsiz hodisa, avariyali vaziyat. Mehnat sifati deyilganda ular unumi, xavfsizligi, nuqsonsizligi hamda ishchini qanoatlantirish birligi tushuniladi. Keyingi mehnatning oldingi omillari hamda uning psixologik sharoiti bilan belgilanadi. Mehnatning to’la xavfsizligiga xato va brak mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarohati, avariya va halokatlarning oldini olish bilan erishiladi. Oldini olish ishlari qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, mehnat shunchalik bexatar bo’ladi. Biroq xavf puxta o’rganib chiqqandagina xavflar oldini olish choralari samara beradi. Ishlab chiqarishda yoxud transportda avariya, jarohatlanish yuz bersa, muhandis va vrachdan iborat komissiya uni tekshiradi va umumiy masalalarni hal qiladi. 1) kim avariya kildi yoki jarohatlandi 2) avariya qanday sharoitda va qanday sabablarga ko’ra yuz berdi. 3) avariya yoki jarohatlanishning oldini olish uchun nima qilinishi lozim edi. 4) Shunga o’xshagan hodisalar takrorlanmasligi uchun nima qilish kerak. Xavfsizlik xizmati asosida jarohatlanishning oldini olish tadbirlari yotadi. Shuning uchun ham mehnat sifati va xavfsizligi uchun kurash avariya vaziyatiga olib kelmaydigan shart-sharoitlarni o’rganish va barham berishdan boshlanadi. Qiyinchilik, hatto harakatlar avariya mehnat psixologiyasi uchun bir zanjirning zvenolaridir. Avariya vaziyati - bu mehnat faoliyati sharoitining murakkablashuvi bo’lib, avariya xavfi ishni belgilangan plan bo’yicha bajarishga yo’l bermaydi. Avariya vaziyati baxtsiz hodisalarga imkoniyat yaratadi, ammo uni muqarrar qilib qo’ymaydi. Baxtsiz hodisa - insonga vujudga kelgan avariya vaziyatidagi noto’g’ri harakatining natijasidirki, buni 35 - ham kursatib turishi. Mehnat jarayonidagi avariyali vaziyat ishchi harakatiga bog’liq bo’lib, mexanizmning nosozligi yoki sinishi oqibatida vujudga kelishi mumkin, biroq ishchining hatti-harakatlari sababli ham sodir bo’lishi mumkin. Uskunalar sinmay hamda ish joyida odamga zarar yetmay yuz bergan brak avariyaga sanalmaydi, ammo u shaxsiy omillar bilan bog’liq bo’lsa, psixik jihatdan bu ham avariyadir. Shaxsiy omil bu - biron-bir narsaga, mazkur holatda - avariya yoki bronka sabab bo’luvchi shaxsiy xislat yoki noto’g’ri harakatdir. Brak yoki avariya sababini aniqlash u bilan bog’liq bo’lgan shaxs yoki shaxslarni xar tomonlama o’rganishni talab qiladi. Bunda vokea zanjiri hamda ishchi harakatidan sabab okibati boshdan oxirigacha ko’rib chikilgan bo’lishi kerak, konkret avariya sabablarini tushunish mazkur korxonadagi boshqa avariyalar sababini tushunishi osonlashtiribgina qo’ymay, balki ulardan oldini olishni ham belgilaydi. Bu savollarga javob berishning 3 metodi mavjud. Analitik metod konkret avariyani chuqur o’rganishga tayanadi. Statistik - yanada puxtaroq o’rganishni talab qiladigan shunga o’xshash avariyalar takrorlanishini aniqlash imkonini beradi. Tajriba metodi - psixologik strukturasiga ko’ra avariyaga o’xshash vaziyatni tabiiy yoki laboratoriya sharoitida modellashtirish yo’li bilan o’rganish metodidir. Mehnat faoliyatining konkret turidagi avariyalarning psixik sabablarini umumiy klassifikasiyalashda, ular quyidagi 3 guruhdan iborat bo’ladi. Birinchidan, brak va avariya sababi tasodifiy bo’lib, na mazkur va na boshqa shaxsda takrorlanish tendensiyasiga ega emas. Bunday hollarda ularga nisbatan ishlab chiqarish psixologik analizidan kelib chiqadigan hyech qanday maxsus tadbir qilinmaydi. Ikkinchidan - brak va avariyaning sababi mazkur yoki boshqa shaxsda shunga uxshash hodisa takrorlanish xavfi borligini bu xavfni tegishlicha pedagogik davolashlar konstruktiv yoki tashkiliy tadbirlar yo’li bilan bartaraf etishning aniq imkoniyatlarini kursatadi. Bunday hollarda tadbirlar so’zsiz, aniq bajarilishi lozim. Uchinchidan brak va avariyaning sababi bunday hodisa mazkur shaxs yoki psixologik xususiyatiga unga o’xshash boshqa shaxsda takrorlanish xavfini tasdiqlash mumkin, ammo bu xavfni bartaraf qilishning aniq imkoniyati aniqlanmaydi. Bunday shaxslar ishdan chetlashtirilishi kerak. Sodir bo’lgan avariya, brak yoxud unga olib kelgan shart-sharoitlarda shaxsiy omilning roli qo’yilgan hatti - harakatlarning aniqlash orqali aniqlanadi. Xato harakat - bu faoliyatning maqsadga yo’naltirilgan tarzini buzadigan hamda harakatdagi shaxs ularni ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladigan elementdir. Boshqacha aytganda, bu insonning beixtiyor harakati bo’lib, uni maqsadga erishishga olib kelmaydi. O’kuvchilar qandaydir maqsadda nimadir yasashi kerak edi. Buning o’rniga esa boshqa narsani yasadi, buning natijasida maqsadga erishilmadi. Har bir noto’g’ri harakatda bitta yoki bir nechta sabab bo’ladi. Mazkur xato harakatning paydo bo’lishi boshlangan sabalardan biri asosiy qolganlari ko’makchi bo’lib qoladi. Asosiy sabab - bu shunday sababki, u yo’qotilsa mazkur xato harakat sodir bo’lmaydi. Vaqtiga ko’ra u xato harakat oldin yuz berishi, biroq uning ozish yoki ko’plik ajralgan bo’lishi mumkin. Bir mehnat jarayonida sodir bo’lgan bir qancha xato o’arakatlar, ham o’z sababiga, ham umumiy sabablarga ega bo’lishi mumkin. Odatda turg’un, umumiy sabab bilan o’zaro bog’liq bo’ladi. Xato harakatlarning ishlab chiqarish jarayoni yoki qiyin operasiyasining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’lgan sabablar ham bor. Bunga quyidagilar kiradi. Yomon tayyorlash yoki o’quvchida zarur bilim va malakalarning kamligi, chiqariladigan mehnat faoliyati talablariga ularning individualligi, ya’ni kasbiy qobiliyatlar boyligi, uning g’oyaviy siyoyesiy tarbiyalanganlik darajasining pastligi bilan izohlanadigan intizomsizligi yoki noshudligi toliqish natijasida mehnat layoqatining vaqtincha pasayishi. Mehnat sharoitning salbiy ta’siri. Xato xarakterlarni keltirib chikaradigan sabablarni ularning asta -sekin murakkablashib boradigan turlarni belgilaydi. Ular o’quvchi qobiliyati va mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli egallashga yordam berishi ham mumkin. Shu bilan birga ular o’z navbatida mehnat sifatini ta’minlaydigan o’qitishi metodikasi samaradorligining indikatori hisoblanadi. Mehnat xavfsizligini ta’minlash turlarining o’zlashtirilishini tekshirish: 1) Mehnat xavfsizligi nima bilan ta’minlanadi. 2) Avariyali vaziyat deb nimaga aytiladi. 3) Avariyadagi shaxsiy omil nimadan iborat. 4) Avariyali vaziyatning rivojlanish bosqichlarini ayting. 5) Avariya sabablarining 3 guruhini sanab o’ting. 6) Xato vaziyatlarning turlarini sanab bering. Download 331.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling