1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


-mavzu. Mehnatni tashkil qilish psixologiyasi. Mehnat jamoasi va uning shakllanishi


Download 331.92 Kb.
bet15/20
Sana22.11.2023
Hajmi331.92 Kb.
#1794007
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti

11-mavzu. Mehnatni tashkil qilish psixologiyasi. Mehnat jamoasi va uning shakllanishi.
Reja:

  1. Mehnatni tashqil qilish psixologiyasi haqida tushuncha. Ishlab chiqarish muhiti.

  2. Mehnatga layoqatlilik va mehnat unumdorligini ta’minlovchi omillar.

  3. Mehnatni noto’g’ri tashqil etish bilan bog’liq bo’lgan zararlar.

  4. Ish joyining yoritilishi ishlab chiqarish muhitining omili sifatida.



Tayanch tushunchalar: ishlab chiqarish muhiti, mehnat unumdorligi, dam olishning davomiyligi, mehnat rejimi, jismoniy muhit, yorug’lik texnikasi.
O’quv maqsadi - muhit sharoiti va mehnat rejimi hamda o’quvchilar dam olishni tahlil qilish va yakunlash, ular charchab qolishlarining oldini olish, ular mehnati xavfsizligini ta’minlashni o’rganish uchun mehnatni tashqil etish psixologik mohiyatini tushunishdan iborat.
Ishlab chiqarish muhiti.
Mehnat psixologiyasining bu bo’limi mehnatni ilmiy tashqil etishga oid bir qator psixologik asoslarini beradi. Mehnatni ilmiy tashqil etish bu mehnatni shunday tashqil qilishdirki, unda muayyan tadbirlar amaliy joriy etilishi uchun oldin mehnat jarayonlari va ularning bajarilishi sharoitlari obdon milliy tahlil qiladi. Amaliy tadbirlarning o’zi esa hozirgi zamon fani va ilg’or tajribaga asoslanadi. Mehnatni tashqil etishga ilmiy yondashish-ishchilardan mehnat unumdorligini oshirish uchun doim intilish va ishning yangi eng kulay usullar yangi novatorlik faoliyatini tashqil etish va amalga oshirish psixologiyasiga tayanadi. Ishda yangi foydali tomonlarni izlash fanda nimaiki erishilgan bo’lsa,o’quv va ishlab chiqarish mehnatida qo’llanilgan va foydalanishi, shuningdek ilmiy metodlardan foydalanib, o’quv yurtlari yoki ishlab chiqarishda ilgari bo’lmagan narsalarni yaratish demakdir.
Mehnat va mehnat unumdorligini quyidagilarga bog’liq.
a) ishlab chiqarishdagi sosial psixologik muhitga
b) ishlab chiqarishdagi tashqi muhit, moddiy sharoit va ish sharoitiga.
v) Mehnat rejimi, ya’ni mehnat va dam olishning davomiyligiga, intensivligiga maromiga va almashinishiga.
g) "jamoa-inson-mashina” o’zaro hamkorlik xususiyatlariga mehnat xavfsizligidan ta’minlanishiga bog’liq.
Sosial psixologik sharoit qonuniyatlarida mehnatning sifatini ta’minlovchi jihatlarni tashqil etish ko’rib chiqiladi. Muhit bu inson psixikasiga ta’sir etadigan b archa narsalardir, organizmning ichki muhiti hamda tashqi sosial va tabiiy muhiti bir-biridan farq qiladi. Sosial muhit- favkulotda keng tushuncha bo’lib, mehnat psixologiyasi maqsadlar uchun uch gradasiyani farqlash lozim.
1) Ijtimoiy farmasiya uning konkret mehnatkash psixologiyasiga ta’siri namunasi ishchining kapitalistik va sosialistik ishlab chiqarishni kiyosiy xis qilishida aniq ko’rinadi.
2) Sinf uning ta’sirini xozirgi sharoitida, masalan: kolxozchi va sovxoz ishchisining texnika manfaatini kiyeslashda ham kuzatish mumkin.
3) Mehnat jamoasi uning ta’siri mehnatning sosial psixik muhitini yaratishda ko’rinadi.
Jismoniy muhit - bu ish joyi, o’quv laboratoriyasi, ustaxona, poligon, sex, zavod barcha uskunalari bilan bu ob-havo ham iqlim ham, yer ham. Birok, ishchi o’zining mehnat faoliyatida bevosita qo’llanadigan mehnat kurolini jismoniy muhitga kiritib bilmaydi. Chunki bular ishchini o’rab olmagan, balki uning kuchini, harakatchanligini va harakat samarasini ko’paytiruvchigina, xolos. Operator va mashina - bu maxsus psixologik analizni talab qiluvchi yagona sistema. Ishlab chiqarish muhiti esa, ishchi psixikasiga tashqi ta’sir etuvchi xolos. Tashqi muhitning ta’siri muammosi bilan (xususan, ularga daxldorlarni) sosiologiya, mehnat psixologiyasi, psixogigiyena ergonomika shug’ullanadi. Ergonomika boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanib hamda, jamoa va insonning atrof-muhit bilan o’zaro harakati yuzasidan o’z tekshirishlarini o’tkazib, inson mehnatiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi barcha omillarni o’rganadi. Mehnat gigiyenasi tomonidan ishlab chiqilgan mehnatkashlar sog’ligi va ish omillar klasiffikasiyasidan foydalanib, ergonomika bu omillarning zararli ta’sirini yo’qotish yoki pasaytirish imkoniyatlarini izlaydi.
1) Mehnatning noto’g’ri tashqil etish bilan bog’liq bo’lgan zararlar. Ishning haddan tashqari uzoq davom etishi.
2) Ishning haddan tashqari intensivligi.
3) Mehnatning proporsional rejimi.
4) Qomatning uzoq muddat majburan bir holatda bo’lishi.
5) Ayrim organ va sistemalarning nafas olish organlari markaziy nerv sistemasi, sezgi a’zolarining zo’riqishi.

Download 331.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling