Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda korxonalar, tashkilotlar, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni tashkil etish,
bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga
oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qilish va baholash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fan mazmunini anglab yetish, talabalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va
korxonalar tashkiliy tuzilishining optimal variantlarini tanlash, boshqaruv tizimining turli
pog’onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash, tashkilot va korxonalar boshqarish
samaradorligini oshirish, tashkilot va korxonada mehnatni rag’batlantirish tizimini yo’lga qo’yish,
korxonada menejer faoliyatini oqilona tashkil etish, boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondashuv
tamoyillarini tadbiq etish, boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalardan samarali foydalanish,
korxonada samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi
kompetentsiyalarni shakllantirish uchun muhimdir.
«Menejmentga kirish» kursining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida ishlay
oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash ya’ni, o’quvchilarda zamonaviy fikrini shakllantira
oladigan, shuningdek, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgana oladigan darajada nazariy va amaliy
bilimlar berishdir.
«Menejmentga kirish» fanining asosiy maqsadlaridan yana biri tashkilotlar (katta va
kichik, tijorat, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tashkilotlari va hokazo turdagi) to’g’risida
asosiy ma’lumotlarni berib, ularni samaradorligini ta’minlashda rahbar o’z ishida har hil holatlarini
hisobga oladi, kelajakni oldindan ko’ra biladi, har qanday o’zgarishga tez tayyorlanadi, ya’ni har
qanday rahbar kishini uddaburon, o’zgarishlarga tayyor, malakali va zamon bilan teng qadam
tashlashini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |