1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja
-8-Mavzular: Egilishga ishlaydigan elementlarni hisoblash
Download 2.27 Mb.
|
Маърузалар
7-8-Mavzular: Egilishga ishlaydigan elementlarni hisoblash.
Reja: Metall konstruksiyalari hisoblash asoslari. Egilishga ishlaydigan elementlarni hisoblash. Egilishga ishlaydigan elementlarning birinchi guruhiga taalluqli chegaraviy holat deganda ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini yo‘qotish deb tushuniladi. Bunda elementda plastik buzilishi, ustivorlik yo‘qolishi hamda haddan ziyod plastik deformatsiya sodir bo‘lishligi tushuniladi.SHuning uchun egilishga ishlaydigan elementlar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi zarur: (7.1) bu erda: «M» va «Q» - hisobiy yuklardan hosil bo‘layotgan eng katta eguvchi moment va kesib o‘tuvchi kuch, - kesimning eng kichik bo‘lgan qarshilik momenti, - kesimning statik momenti, - to‘sin devorchasining qalinligi, - po‘latning qirqilishga bo‘lgan hisobiy qarshiligi. SHu shart (7.1) bajarilsa po‘lat materiali elastik holatda ishlashi ta’minlanadi va atom aro bog‘lanish tizimi buzilmaydi. Rasm 7.1. To‘sinning ishlash holatlari; elastik holatda ishlashi, 2 - elastik - plastik holatda ishlashi, 3 - plastik holatda ishlashi. Agar element ikkala bosh tekisliklar (X vaU o‘qlar) bo‘yicha egilsa: (7.2) bu erda: X va U - hisoblanayotgan nuqtani koordinatalari, Ix va Iu – x va u o‘qlarga nisbatan kesim yuzaning inersiya momentlari. YUklar ortishi bilan to‘sin kesimining chetki tolalaridagi kuchlanish oquvchanlik chegarasiga etadi. YUklanishning yanada oshirilishi tolalardagi kuchlanishga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Qo‘shimcha yukni qabul qilish uchun to‘sinning eng zo‘riqqan tolalari yaqinidagi tolalarda ham kuchlanishlar asta-sekin oq ga tenglasha boradi va pirovardida ko‘ndalang kesimning kuchlanishlar epyurasi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga keladi. Bu holat eng katta eguvchi moment qiymatiga mos kelib, plastiklik sharniri deb ataladi. Gohida egilishga ishlayotgan elementlarni materiali elastik- plastik holatida ishlashi bo‘yicha hisoblash ruxsat etiladi. Boshqa so‘z bilan aytganda birinchi va ikkinchi chegaraviy holatlar shartlariga javob berish sharti bilan eguvchi elementlarda plastik deformatsiyaning rivojlanishiga ruhsat etiladi: (7.3) Ikkinchi chegaraviy holat bo‘yicha tekshirishdan maqsad qurilmadan mo‘‘tadil foydalanishga imkoniyat bermaydigan elastik deformatsiyalar sodir bo‘lishining oldini olishdir. SHuning uchun me’yoriy yuklar ta’sirida vujudga keladigan solqilik ruxsat etilgan solqilikdan oshmasligi lozim: (7.4) Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling