1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja


-10-Mavzular: Markaziy cho‘zilgan, siqilgan elementlarni hisoblash


Download 2.27 Mb.
bet13/28
Sana06.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750512
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
Маърузалар

9-10-Mavzular: Markaziy cho‘zilgan, siqilgan elementlarni hisoblash.


Reja:

  1. Metall konstruksiyalari hisoblash asoslari.

  2. CHo‘zilishga ishlaydigan elementlarni hisoblash.

Ma’lumki, po‘latlarning plastik holatga o‘tishi diagrammada oquvchanlik chegarasidan boshlanadi. Ba’zan konstruksiyaning faqat elastik holatida emas, balki oquvchanlik holatiga ham o‘tib ishlashiga ruhsat etiladi va hisoblashda bu omil e’tiborga olinadi.


Plastik deformatsiyalarni cheklash maqsadida, cho‘zilishga ishlaydigan element materialining elastik ishlash chegarasi bo‘yicha mustahkamligi quyidagicha aniqlanadi:
(9.1)
bu erda: N - hisobiy kuch;
An – elementning ko‘ndalang kesim yuzasi;
Ry – element materialining oquvchanlik bo‘yicha hisobiy qarshiligi;
s – ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient.
Bu formula asosida cho‘zilishga ishlayotgan elementlar hisoblanganda material elastik holatda ishlashi ta’minlanadi va atomlar aro bog‘lanishda o‘zgarish bo‘lmaydi.


11-Mavzu: Sortament profillarni asosiy tafsifnomasi.


Reja:

  1. Po‘lat sortamenti haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Varaqsimon po‘lat turlari.

  3. Burchaklik, qo‘shtavr va shvellarlar.

Metall konstruksiyalar turli xil shaklli profillardan tashqil topadi. SHakli va geometrik o‘lchamlariga ko‘ra farqlanuvchi prokat, quvur va boshqa metall buyumlar haqidagi ma’lumotlar majmuasi (jadvali) sortament deb ataladi. Sortamentda profillarning ko‘ndalang kesim yuzasi, o‘lchamlari, geometrik tavsifnomalari (A,W,S,I,i) va bir metrli og‘irligi ko‘rsatiladi.


Metall konstruksiyalarda qo‘llaniladigan yoyma po‘lat ikki guruhga bo‘linadi: 1. yupqa yoki qalin varaqsimon po‘lat;
2. profilli po‘lat – burchaklik, shveller, tavr, qo‘shtavr va h.k.
Varaqsimon po‘lat quyidagicha turlarda mavjud bo‘ladi:

  1. Qalin varaqsimon po‘lat (TU 14-1-4431-88). Bu turdagi po‘lat 4160mm qalinlikda yoyiladi, kengligi 6003600 mm, uzunligi 2000mm dan 12000mm gacha qilib ishlab chiqariladi;

  2. Keng tasmasimon universal po‘lat GOST 19903–74. GOST 27772–88. (TU 14-1-3023-80). Bunday universal po‘lat varaqlarining qalinligi 660 mm, eni 2001050 mm, va uzunligi 500012000 mm qilib chiqariladi;

  3. YUpqa varaqli po‘lat (TU 14-1-4431-88). Bu xildagi po‘lat varaqlari 0,23,9 mm qalinlikda, 12005000 mm uzunlikda va 6002000 mm kenglikda ishlab chiqariladi.

B u r ch a k l i k l a r – teng yonli 75x75x6 –GOST 8509 – 86.
(GOST 535-88, 27772-88) va yonlari teng bo‘lmagan, GOST 8510 – 86, ya’ni tengsiz yonli turlarga bo‘linadi. Burchakliklar quyidagicha belgilanadi: L50x5 yoki L75x50x5. Birinchi holda yonlarining eni 50mm, qalinligi 5mm bo‘lgan teng yonli burchaklik, ikkinchi holda esa yonlarining eni 75 va 50mm, qalinligi 5mm bo‘lgan tengsiz yonli burchaklik ifodalangan. Burchakliklar sortamenti juda keng bo‘lib, eng kichik profil L20x3 va eng kattasi esa L250x30 dan iboratdir.
Q o‘ sh t a v r l a r –20 GOST 8239 – 72. (GOST 535 – 88) asosan egilishga ishlovchi to‘sinlar sifatida qo‘llaniladi. Sortamentga ko‘ra qo‘shtavrlarning 10 dan 60 gacha nomerlari mavjud. Qo‘shtavrning nomeri uning santimetrda ifodalangan balandligiga mos keladi. Qo‘shtavrlarning uzunligi 13m gacha bo‘lib, asosan 6; 9 va 12m li qilib tayyorlanadi.
TU 14-1-3023-80ga muvofiq, keng tokchali qo‘shtavrlar ham ishlab chiqariladi. Ular uch xil bo‘ladi: to‘sinlar uchun «B» markali, engil va og‘ir ustunlar uchun «K» markali va universal «SH» markali. Keng tokchali to‘sinbop profillarning balandligi 1000mm gacha bo‘ladi.
SH v e l l e r l a r – 18 GOST 8240 – 72. (GOST 535-88). SHvellerlarning o‘lchamlari ham ularning nomerlari orqali ifodalanadi. Sortament 5 dan 40 gacha nomerlari bo‘lgan shvellerlarni o‘z ichiga oladi.
E g m a profillar qalinligi 216 mm gacha ishlab chiqariladi.



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling