1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja


Download 2.27 Mb.
bet16/28
Sana06.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750512
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
Маърузалар

Gaz alangasida payvandlash
Payvandlashning ushbu usulida biriktiriladigan elementlar yonuvchi gazlar (atsetilen, tabiiy gaz, kerosin va benzin bug‘lari) yordamida qizdirilib ularning payvandlanadigan joyi suyuqlangandan keyin, yonayotgan alangaga metall sim kiritiladi. Bu sim asosiy elementlarni qirralaridagi metali bilan birga suyuqlanib, bir butun yaxlit birikma hosil qiladi.
Payvand birikmalarning turlari
Payvand birikmalarda elementlar tutash va ustma-ust ulangan bo‘ladi. Ba’zan bu ikki xil usuldan aralash foydalanish ham mumkin. CHokning tuzilishiga ko‘ra tutash va burchakli bo‘ladi. Elementlarning payvandlanadigan qirralariga ilgaridan ishlov berish turiga qarab V-shaklli, K-shaklli, X-shaklli va U-shaklli choklar bo‘ladi.

Rasm 11.1 Tutash birikmlarning shakllari



Rasm. 11.2. Burchak chokli payvand birikmaning hisobiy kesimlari.



  1. CHok metalli bo‘yicha; 2.Erish chegarasi metalli bo‘yicha.



14-15-Mavzular: Payvand birikmalarning xillari. Payvand birikmalarni hisoblash.


Reja:

  1. Tutash chokni hisoblash.

  2. Burchak chokli payvand birikmalarni bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlar ta’sir chizig‘i kesishuv (shartli) kesimi bo‘yicha hisoblash.

  3. Payvandlashga oid misol va masalalar.

Payvand birikmaning mustahkamligi biriktirilgan elementlarning materialiga, chok metalining mustahkamligiga birikmaning shakli va turiga, kuchlar ta’sirining xarakteriga, payvandlash usuliga va payvandchining malakasiga bog‘liq bo‘ladi.


Tutash chokni hisoblash. Tutash payvand choklarga bo‘ylama kuch ta’sir etganda chokning mustahkamligi quyidagicha tekshiriladi:
(14.1)

Rasm 13.1 Burchak va tutash payvand choklar
bu erda: N – bo‘ylama ta’sir etayotgan hisobiy kuch,
t – chokning qalinligi (biriktiriladigan elementlarning kichik qalinligiga teng),
chokning hisobiy uzunligi (chokning geometrik uzunligiga teng agar chok tashqariga chiqarilgan bo‘lsa, bo‘lmasa 2t sm.ga kam deb hisoblanadi),
uchma-uch payvandlangan birikmadagi chokning siqilish va cho‘zilishga hisobiy qarshiligi, cho‘zilishda tenglik siqilish va egilishda qarshiligi olinadi.
Burchak chokli payvand birikmalarni bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlar ta’sir chizgi kesishuv (shartli) kesmi bo‘yicha hisoblash kerak. Burchakli chok biriktiriladigan elementlar qirralarining burchagida kuch hosil bo‘ladi. Ishlash xarakteri va asosiy kuch oqimlariga nisbatan fazoda joylashishiga qarab burchakli chok ikki xil bo‘ladi: yonbosh va ko‘ndalang. YOnbosh chok bo‘ylama kuch ta’sirida qirqilishga ishlaydi. Bunda qirqilish sirtining balandligi bo‘lgan burchak bissektrisasi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Burchakli choklar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:
CHok metallning kesimi bo‘yicha:
(14.2)
erish chegarasidagi metallning kesimi bo‘yicha
(14.3)
bu erda: payvand usuliga bog‘liq bo‘lgan koeffitsientlar: oquvchanlik chegarasi 530MPa (5400 kg/sm2) gacha bo‘lsa, QMQ 2.03.05-97 ning 13,1 jadval bo‘yicha: oquvchanlik chegarasi payvandlash turi, chok holati va payvandlash simi diametriga bog‘liq bo‘lmagan holda 530MPa (5400 kg/sm2) dan yuqori bo‘lsa βf=0,7 va βz=1bo‘ladi
chokning qalinligi, (biriktiriladigan elementlarning kichik qalinligiga teng).
eritilgan po‘lat chokning hisobiy qarshiligi,
(14.4)
γm – chok materiali bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti, u 1,25ga teng agar Run <530MPa va 1,35 teng agarRun >530MPa bo‘lsa.
erish chegarasidagi po‘latning hisobiy qarshiligi,
(14.5)
chokning hisobiy uzunligi, geometrik uzunligiga 1sm qo‘shiladi. (14.6)
(14.7)
Burchak chokli payvandlangan ulanmalarning choklar joylashuvi tekisligiga perpendikulyar tekislikdagi vaqt xarakatiga hisoblashni quyidagi formulalar bo‘yicha ikki kesishuv bo‘ylab amalga oshirish kerak:
CHok metalli bo‘yicha;
(14.8)
Eritish chegarasi metalli bo‘yicha;
(14.9)
bunda; Wf –hisobiy kesimning chok metalli bo‘ylab qarshilik momenti;
Wz – xuddi shuning o‘zi eritish chegarasi metalli bo‘ylab kesimini qarshilik momenti.
14.1 jadval.

Payvandlash simining d (mm) diametri vaqtidagi payvandlash turi

CHok holati

Koeffi-
Sient

CHoklar katetlaridagi f va z koeffitsientlari qiymatlari,mm



3-8



9-12

14-16

18 va undan yuqori

d3-5 dagi avtomatik

Lodochkaga

f

1,1

0,7

z

1,15

1,0

Pastroqqa

f

1,1

0,9

0,7

z

1,15

1,05

1,0

d1,4-2 dagi avtomatik va yarim avtomatik

Lodochkaga

f

0,9

0,8

0,7

z

1,05

1,0

Pastroq, gorizontal, vertikal

f

0,9

0,8

0,7

z

1,05

1,0

d1,4 dagi qo‘l; yaxlit kesishuvli sim bilan yoki ko‘qunli sim bilan yarim avtomatik payvandlash

Lodochkaga, pastroq, gorizontal, vertikal, shiftli

f

0,7

z

1,0

Eslatma. Koeffitsientlar qiymatlari payvandlashning normal rejimlariga to‘g‘ri keladi.
Burchak chokli payvandlangan ulanmalarni shu choklar joylashuvi tekisligidagi harakat paytiga hisoblashni ikki kesishuv bo‘ylab;
CHok metalli bo‘yicha;
(14.10)
Erish chegarasi metalli bo‘yicha;
(14.11)
formulalari bo‘yicha amalga oshirish kerak,
bunda Ifx va Ify - chok metali bo‘ylab uning asosiy o‘qlariga nisbatan inersiya momentlari;
Izx va Izy – xuddi shuning o‘zi, eritish chegarasi metalli bo‘ylab.
Agar payvand (chok) birikma bir necha xil choklar (uchma-uch, yonbosh va ko‘ndalang burchakli) dan tashqil topgan bo‘lsa, bunday birikma aralash payvand birikma deb ataladi. SHartli ravishda bunday chokli birikmalarda kuchlanish, qirqilish sirtlari bo‘ylab, tekis taqsimlangan deb qabul qilinadi.
(14.1, b) rasmda uchma-uch payvandlangan qismlarning taxtakachlar yordamida mustahkamlangan aralash birikmasi ko‘rsatilgan. Bunday xildagi birikmalarni hisoblashda taxtakachlar va uchma-uch choklarning ko‘ndalang kesim yuzasida kuchlanish bir xil deb qabul qilinadi.



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling