1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja
-Mavzu: Metall konstruksiyalarini chegaraviy
Download 2.27 Mb.
|
Маърузалар
6-Mavzu: Metall konstruksiyalarini chegaraviy
xolatlar uslubi buyicha xisoblash Reja: Birinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash. Ikkinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash. CHegaraviy holatlar usulining mohiyati. Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir etayotgan jami yuklarga etarli darajada ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, konstruksiyalarni yaratish. Qurilish konstruksiyalarni 1955 yildan beri chegaraviy holatlar uslubi bo‘yicha hisoblanadi. CHegara holatlari deganda konstruksiyalarning ishlatilish jarayonida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi Qurilish konstruksiyalarni bu uslub bilan hisoblaganda ikki guruxga bo‘lib hisoblanadi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib va ularga: shakl umumiy ustivorligining yo‘qolishi, vaziyat ustivorligining yo‘qolishi, qurilma metallining toliqishi yoki boshqa biror xarakterdagi buzilish, yuklarning va tashqi muhitning birgalikdagi noqulay ta’siri natijasida buzilish, qurilmalardan foydalanishni to‘xtatishga olib keladigan rezonans tebranishlar, metall materialning oquvchanligi, birikmalardagi siljishlar, darzlarning haddan tashqari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanishning imkoniyati yo‘qligi. Ikkinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani normal foydalanish qiyinlashib qolganligi bilan bog‘liq va ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan siljishlar, tebranmalar, darzlar paydo bo‘lishi natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisoblash, inshootni qurish yoki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan biror-tasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi. Birinchi guruh chegara holatlari uchun umumiy shart quyidagicha yozilishi mumkin: N ≤ S N - hisoblanayotgan elementdagi yuklarni noqulay birgalikda ta’sir etishidan hosil bo‘ladigan kuch, S - hisoblanayotgan elementning yuk ko‘tarish qobiliyati. Elementdagi hosil bo‘ladigan kuchni quyidagi formula bilan aniqlashimiz mumkin: (6.1) bu erda: - kuch Fni1 ga teng bo‘lgandagi elementda hosil bo‘ladigan kuch fi – yuk bo‘yicha ishonchli koeffitsient n – bino vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti - yuklarning birgalikda ta’sir etishini e’tiborga oladigan koeffitsient Elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini uning yuzasiga va materialning qarshiligiga qarab aniqlash mumkin: S An Rup m c An Ry c (6.2) Bu erda: An – element ko‘ndalang kesimining( netto) yuzasi; Ryn – element materialining oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi; c – ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient. SHunday qilib birinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha hisoblash tenglamasini yozamiz: (6.3) CHegaraviy holatni ikkinchi guruh bo‘yicha hisob ifodasini quyidagicha yozish mumkin: (6.4) bu erda: - birlik yuk ta’sirida elementdagi hosil bo‘ladigan elastik deformatsiya, - norma bo‘yicha o‘rnatilgan konstruksiyaning chegaraviy deformatsiyasi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisoblash, binolarni qurish va foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlaridan birontasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi. Bunda material xususiyatlarining noqulay o‘zgarishlari, yuklarning noqulay birga ta’sir etish extimoli, foydalanish sharoitlari va konstruksiyalar ishlashining o‘ziga xos tomonlari hisobga olingan bo‘ladi. Buning uchun hisoblashda quyidagi koeffitsientlar kiritiladi: yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti - , yuklarning birga ta’sir etish extimoli koeffitsienti - , ishlash sharoiti koeffitsienti - c, binolarning vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti - . Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling