1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet58/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Urug’lilar

400

296

40

184

Danaklilar

239

273

37

257

G’o’za

25-30

117-180

43-58

113-166


Bir xil tuproq sharoitlarda olma, nok va olxo’ri daraxtlari mineral o’g’itlarni ko’proq; o’rik, gilos va olcha daraxtlari esa kamroq talab qiladi. Olma daraxtlari azotli va fosforli o’g’itlarni ko’proq, o’rik, gilos va bodom esa kaliyli o’g’itlarni ko’proq talab qiladi. Danak mevalilarda azot ko’payib ketsa, ko’pincha funksional va yuqumli kasalliklarni ko’payish hollari kuzatiladi. Meva daraxtlarining qishki navlari asosiy o’g’itlarni va qo’shimcha o’g’itlarni, yozgilari esa faqat asosiy o’g’itlarni talab qiladi.
O’sishning dastlabki davrlarda to’liq o’g’itlar tarkibidan azotga hosil to’plash davrida esa fosfor va kaliyga bo’lgan talab ortadi. Daraxtlar bu oziq elementlarini, asosan tuproqdagi umumiy tabiiy zahiralardan hamda azotning mikroorganizmlar tomonidan o’zlashtirilishi hisobiga, yetishmaydiganlarini esa yerga solinadigan mineral va organik moddalar hisobidan oladi. O’g’it qancha chuqur va ildizlarga yaqin solinsa, u shunchalik samarali bo’lishi aniqlangan. Meva daraxtlar ildizlarining joylashish chuqurligiga qarab qatlamlab solish usullari ishlab chiqarilmokda.
Bir gektar boqqa solinadigan o’g’it miqdori bog’ning yoshiga, daraxtlarning turiga, novdalarning katta-kichikligiga, bog’dagi tuproqqa ishlov berish tizimiga, hosilning oz-ko’pligiga va tuproq sharoitiga qarab belgilanadi. Yosh bog’larga qari va serhosil bog’larga qaraganda o’g’it kam miqdorda beriladi. Daraxtlar qancha nimjon va yillik novdalari kam bo’lsa, ularga shuncha ko’p normada o’g’it beriladi.
Daraxtlar qariy boshlaganda, ular ko’p oziq talab qiladi (ulardan bachki novdalar chiqadi, shox-shabbadagi novdalar quriy boshlaydi va daraxtlarni yoshartirish kerak bo’ladi). To’liq hosilga kirgan bog’larni tez-tez va ko’p miqdorda o’g’itlash kerak. Og’ir gil tuproqli, sho’rlangan, shag’al toshli yerlar ko’proq o’g’itlanadi. Mineral o’g’itlar bilan birga organik o’g’itlar ham solinadi, chunki ular tuproqning fizik xossasini yaxshilaydi. Qum tuproqli va shag’al toshli yerlar sug’orilganda ularning yuvilib ketmasligi uchun kam miqdorda tez-tez o’g’it beriladi. Yaxshi ishlangan va unumdor tuproqli bog’larga solinadigan o’g’it miqdori kamaytiriladi.


Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling