1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi


Download 116.59 Kb.
bet6/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan ha- rakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alo- hida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluv- chi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. jinoyatga aloqador iqtisodiyot - rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklaming talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi xufyona iqti- sodiy faoliyat - narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daro- madlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolaming shaxsiy mulkiga qarshl ummnjinoiy harakatlar - bosqinchilik, shax- siy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);

  2. soxta iqtisodiyot - hisobga olish va hisobotlaming amaldagi tizimiga soxta natijalami haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqti- sodiyot (qo‘shib yozishlar);

  3. norasmiy iqtisodiyot - tovar va xizmatlaming ayriboshlash va taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur subyektlar o‘rtasidagi shaxsiy muno- sabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;

4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot - yakka tartibdagi va koope- rativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.

    1. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari


Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling