1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


Yalpi ichki mahsulot (YalM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimi- dan foydalaniladi


Download 116.59 Kb.
bet7/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

Yalpi ichki mahsulot (YalM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimi- dan foydalaniladi. Miiiiy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jara- yonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy . ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yor- damchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Shu davrdan (1953-yildan) buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta o‘zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qoTlanilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ya’ni 1993-yildan boshlab MHTdan foydalana boshladi. Q. Mambetjanovning fikricha, hozirgi kungacha milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq.
Birinchi bosqich XVII asming ikkinchi yarmidan 1930-yilga- cha bo’lgan davmi o‘z ichiga olib, unda milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va da- romad ko‘rsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida shakllanmadi.
Ikkinchi bosqich o‘tgan asming 30-yillaridan boshlandi va unda keynschilik taTimo’li muhim o‘rin tutdi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va milliy daromadni hisoblash usullarini takomillashti- rish, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalaming harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy tahlil uchun zarur axborot tizimini shakllantirish, uning davlat hokimiyatini boshqarishdagi rolini oshirish va milliy hisoblar tizimining ayrim ko'rsatkichlariga aniqliklar kiritishga qaratildi.

Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling