1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari


Download 116.59 Kb.
bet10/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YalMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklaming sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag‘laiining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YalM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi.
Qarab chiqilgan sarflaming to‘rt toifasiga no’lijorat muassasa- lar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijti- moiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi o‘zgarishlami qo‘shib chiqish yo‘li bilan YalM hajmi aniqlanadi.
Uchinchi usul - bu YalMni hisoblashga daromadlar bo‘yicha yondashuv.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YalM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromad- lami qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
YalMni daromadlar bo'yicha hisoblashda uy xo'jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadla- rini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YalMni mazkur usul bo‘yicha hisob- lashda daromadlaming barcha summasiga iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo‘shiladi.
YalMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha yondashuv- ning asosiy tarkibiy qismlarini quyidagi jadval orqali o‘zaro taqqos- lash mumkin (14.2-jadval).

  1. jadval



Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling