1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


Download 116.59 Kb.
bet8/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

Uchinchi bosqich (1953-yil) ikkinchi jahon urushidan keyingi davmi o‘z ichiga olib, davlatlar vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish ehtiyojidan kelib chiqib yon- dashildi. Ushbu bosqichda BMT Statistika komissiyasi tomonidan MHTning dastlabki andozasi MHT-1953 tasdiqlandi.
To‘rtinchi bosqichda (1968-yil) BMTning MHT-1953 andozasi ancha takomillashtirildi, olingan ma’lumotlami taqqoslash imkoni tug‘ildi va MHTning boshqa qulay jihatlari ham ochib berildi.
Beshinchi bosqich. 1993-yilga kelib ayrim mamlakatlarda milliy hisobchilikni yuritish tartibida katta farqlar mavjudligi tufayli ular- ning xalqaro qiyosiy taqqoslash imkoniyati buzildi, jahon bo‘yicha ko‘rsatkichlami umumlashtirish masalasi murakkablashdi va jahon iqtisodiyo’lini tahlil qilish qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi MHT-1993 andozasi qabul qilindi. Unda MHTning toTov balansi va davlat moliyasi statistikasi bilan o‘zaro bog’liqliklari aniqlab olindi, MHTning bir nechta bo’lim va boblari yangilandi, ope- ratsiyalar va ulami hisobga olish qoidalari, yalpi ishlab chiqarish, kapital iste’moli va zaxiralari, bozor va nobozor ishlab chiqarishning nisbatlari ko‘rsatkichlarini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi.
Oltinchi bosqichda MHTning eng oxirgi andozasi, ya’ni MHT- 2008 yaratildi va hozirgi kunda ham amal qilmoqda. MHTning bu an- dozasida uning iste’molchilari uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlami tahlil qilishning ixchamligi va shaffofligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash, iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlami chuqur tahlil qilish, moliyaviy operatsi- yalami hisobga olish usullarini takomillashtirish, uning ayrim kon- sepsiya va kategoriyalariga aniqlik kiritish, soddalashtirish masalalari hal qilindi.
Yettinchi bosqich 2008-yildan keyingi davrlami o‘z ichiga olib, MHTni yanada takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda100.
Shu bilan birga ta'kidlash joizki, hali bu hisoblar tizimining zaif va bo‘sh joylari anchagina bor. Masalan, unda takror ishlab chiqarishni o‘z maromida olib borishni ta’minlash nuqtai nazaridan qaraganda
100 Q. Mambetjanov. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida milliy hisoblar tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari. // I.f.n. ... dis. avtoreferati. - Toshkent - 2012. 8-9 betlar.
YalMning muhim tarkibiy qismlarini, jumladan, amortizatsiya ajrat- malari SMM, milliy daromad, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot kabi ko'rsatkichlami tarmoqlar va hududlar kesimida hisoblashning usul- lari ishlab chiqilmagan va ulami hozirgacha aniq hisobga olishning imkoni bo‘lmayapti.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bun- ga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromad- lar xo‘ja!ik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlaming boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettira- di. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiya- lar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me'yordagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yor- dam beradi. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YalM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:

Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling