1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


-rasm. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi


Download 116.59 Kb.
bet2/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

1.1-rasm. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi

Milliy iqtisodiyot irte'yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o ‘ zaro bog‘ liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon'yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimo’lidagi ishtiroki, ishlab chiqara- vchi kuchlaming rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyo’lining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resursla- rining sifati, hududlaming. yer maydonlari va inffa’luzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.


Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta mu- rakkab jarayon bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlan- ishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ro‘y berib turadi. Jumladan, 2008-yilda AQSHda boshlangan va hamon davom etib turgan jahon- moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyo’limizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlar orqali namoyon bo‘lmoqda:
Birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qim- matbaho va rangli metallar, paxta, uran, nefl mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ning jahon bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan olinadigan daromad hajmining pasayib ketishi;
Ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin tushib ketishi oqibatida mahsulot so’lish hajmining qisqarishi;
Uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasi- da uzoq muddatli investitsion loyihalarimizni amalga oshirish mud- datlarining kechikishi va h.k.
Milliy iqtisodiyo’limizning barqaror va muvozanatli rivojlani- shiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ushbu holatlami o‘z vaqtida aniqlab, ulaming oldini olish va ta'sir oqibatlarini yumsha- tish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga iqtisodiyo’limizning yuqori o‘sish sur’atlari saqlab qolindi.3
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ulaming o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va mak- roiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo‘jalik tizimidir. Makroiqtisodi- yot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini, bank, moliya, sug‘urta, soliq, boj- xona tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqti- sodiyo’lini ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda ko‘proq milliy iqtisodi- yot haqida so‘z yuritib, jahon xo‘jaligi to‘g‘risida keyingi boblarda alohida to‘xtalib o‘tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijti- moiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqti- sodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayot- gani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi - takror ishlab chiqarish jarayonini obyektiv ravishda aks ettiruvchi korsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holat- larni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin:

  1. asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming holati va harakatini obyektiv aks ettimvchi statistik ma’lumotlaming mavjudligi;

  2. mamlakat iqtisodiyo’lini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;

  3. iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlaming obyektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyo’liga aralashuv salbiy holatlami keltirib chiqar- ishini anglash;

  4. makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlaming iqtisodiyo- tini obyektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyo’lida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;

  5. ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;

  6. aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joy- lari hamda ular daromadlarining oshishi bilan ta’minlovchi milliy ish- lab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushunish.

Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniq- lansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizim- ga kimvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyot- ning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillami aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli so- halari, tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim mak- roiqtisodiy ko‘rsatkichlar - yalpi ichki mahsulot (YalM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.

  1. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari

Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy ji- hatdan o‘zgarib, yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan ta- komillashib borar ekan, bu ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib, va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqa- rish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takror- lanib turishi ijtimoiy takror ishlah chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.

Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling