1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi


Download 116.59 Kb.
bet3/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqar- ish va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan na’lural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun xos bo‘lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayo’lgan mamlakatlar iqtisodiyo’liga xosdir.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natij asida mamlakat miqyosida mil- liy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyo’lida Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlar- ni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo‘llayotgan mil- liy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YalM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyo’lida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko‘pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mam- lakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivoj- lanish darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YalM) ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda ko‘pgina mamlakatlarda bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda Yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida Yaratilgan tovar va xizmat- lar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YalM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mam- lakat korxonalari mahsulo’li kiritiladi. Shuning uchun YaMM bilan YalM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.
YaMM va YalMning o‘zaro farqini quyidagi rasm orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (14.2-rasm).



Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling