1-mavzu. Ms word dasturi imkoniyatlari


Download 2.03 Mb.
bet15/37
Sana18.11.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1784923
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
WORD protsessori imkoniyati

1-mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining o‘rta arfimetigini D8 katakka hosil qiling.
Bajarish:

  • A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz;

  • D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning eng kattasini topish formulasi): =МАКС(А1:С5);

  • D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng kichigini topish formulasi): =МИН(А1:С5);

  • D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta arfimetigini hisoblash formulasini): =CP3HA4(D6:D7);

Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

A

в

c

D

4

5

44




33

-8

3




100

1

7




11

12

-22




10

8

9













100










-22










39


2


4
5
6




15- mavzu: MS ACCESS ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari
Ko'pchilik, terminlarni tushunish bo'yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo'yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo'lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo'ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo'lsa, biz darhol Google'ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so'rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug'dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so'zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.
Bu maqolada ma'lumotlar omboriga oid juda kerakli va ko'pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma'lumotlar ombori va Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT).
Ma'lumotlar ombori bu — tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham ma'lumotlar ombori.
Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi — bu ma'lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi. Ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimlari
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni 
qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr 
quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga 
mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ)ni yaratish imkonini beradi. 
Kompyuterda ma‘lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar 
yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 
mlrd/s) va uning xotirasi kengayganligi (40—60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma‘lumotlar 
omborini yaratish imkonini bermoqda. Kompyuterda ma‘lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni 
belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil — qanday mazmunga ega bo‘lgan ma‘lumotlar (ya‘ni ularni 
tashkillashtirish) va ikkinchisi — yig‘ilgan ma‘lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, 
xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining 
familiyasini izlash yoki u haqda biror ma‘lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. 
Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy 
moddalar haqidagi ma‘lumotlar ombori uchun mo‘ljallangan dasturlar avia passajirlar ro‘yxatini qayta 
ishlash uchun umuman yaroqsizdir. 
Ma‘lumotlar omboridan foydalanishni tahlil qilish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Siz 
uchun kerak bo‘lgan biror ma‘lumot (hodisa yoki xolat taxlili) berilgan darslikda yo‘q deylik. 
O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u falon muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o‘qiyotgan ta‘lim 
muassasasining kutubxonasida bor bo‘lsin deylik. Kitobni izlab kutubxonaga borasiz (bu erda kitob 
ma‘lumotlar ombori sifatida namoyon bo‘ladi). Lekin siz borgan paytdanoq kutubxona mahmuriyati 
kitobni (agar u kitob kutubxonada mavjud bo‘lsa) sizga bermaydi. Siz avval ana shu kutubxonadagi 
kitoblardan erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Buning uchun esa, mahmuriyatda 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi 
kitoblardan foydalanish imkoniyati beriladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdagi ma‘lumotlar omboridan 
foydalanish uchun ham maxsus dasturiy vositalarning majmui — ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi 
yaratiladi. 
Ma‘lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar 
ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi. 
Ma‘lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi. 
Ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma‘lumotlar omborini boshqarishning quyidagi 
xususiyatlari kirishi mumkin: 
• Ma‘lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qatg‘i nazar unga 
qulay ko‘rinishda javob berish. 
Ma‘lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda (texnik 
imkoniyatlari hisobga olingan holda) o‘zgartirish. 
• Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilganda ma‘lumotlar omborining qayta tiklanish 
qobiliyati. 
• Ma‘lumotlarni himoyalash: ma‘lumotlar omboridan ruxsatsiz (sankciyasiz) foydalanishning 
cheklanganligi. 
• Ma‘lumotlar omboridan tarmoqqa foydalanish: ma‘lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-
biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi. 
Ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma‘lum ko‘rinishdagi ichki tuzilishiga, amalga 
oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‘lishi kerak. 
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi. 
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday 
tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta‘minlaydi: 
 
muammoli yunaltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi; 
 
oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning engilligi
 
murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish; 
 
shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftparlari va boshqa vositalarni yaratishning 
mumkinligi. 
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan ko‘proq foydalaniladi. 
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), «Elektron jadvallar» va 
ma‘lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi. Keng tarqalganligi bo‘yicha «Ishchi grafiklar» 
tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o‘rinda turadi. 
Muayyan yo‘nalishdagi ma‘lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar 
yaratiladi. Ularda foydalanuvchining tizim bilan muloqoti asosida ma‘lum hujjatlarni yaratish yoki uni 
qayta ishlashda ko‘riladigan tipik vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi. 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling