1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja
Musobaqaning asosiy hujjatlari quyidagilardan hisoblanadi
Download 299.49 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu Musobaqa turlari. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqalashish faoliyati.
Musobaqaning asosiy hujjatlari quyidagilardan hisoblanadi:
a) musobaqa nizomi; b) musobaqaning kuni va soati ko`rsatilgan jadvali bo`lgan dastur; b) musobaqaga qatnashish uchun ariza; g) ishtirokchilarning kartochkasi; d) musobaqa qaydnomasi. Musobaqalashish faoliyati. Musobaqaning asosiy funksiyalaridan biri rag`batdantirish, o`kuv-sport natijalarini va sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tekshirish musobakada olingan ob’ektlar baxolanadi, tashkilot va mutaxassislarning keyingi ishlarn natijalariga bog`liq. Musobaqani quyidagilarga ajratish mumkin: a) tayyorlovchi va yana kontrol, asosiy maqsadi tayyorgarlik darajasini aniqlash; b) keltiruvchi, asosiy maqsadi musobaqalarga sportchilarnn Baland tayyorgarlikka olib kelish; b) tanlov, maqsadi katta musobaqalarda qatnashishga sportchilarnn tanlash; g) asosiysi shaxar, respublika, mamlakat chempionlari katta xalqapo musobaqalar. Musobaqa sharoitida engil atletika sportchini o`rganishda, uning shaxsini ko`p tomonlarini, sifatlarini funksional imkoniyatlarini baholash mumkin, garchi shu vaqtda musobaqalar shakllanish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Musobaqalashish faoliyatini tekshirish protsessida sport texnikasining effektivligini aniqlash, sportchi xulqi taktikasini nazorat qilish, organizmni bioximik va fiziologik reaksiyalari baholanadi, musobaqa vaqtida qanday tekshirilsa, musobaqadan so`ng ham shunday tekshiriladi 2 . Vaqtni o`tish oralig`iga bog`liq holda bir holatdan ikkinchi holatga o`tish zarurligi sportchilarnn 3 ta holatiga ajratilgan: 1. Etapli holat, sportchi muvaffaqiyatlarini ko`rsatishda imkoniyatlarni aks ettiradi va bular birmuncha uzoq vaqt saqlanadi. 2. Odatdagi holat, bir yoki bir nechta mashg`ulotlar ta’sirida o`zgaradi. 3. Operativ holat, bir marta bajarilgan jismoniy mashqlar ta’sirida o`zgaradi. Musobaqa - bu o‘quv-trenirovka jarayonining tarkibiy qismidir. Trenirovka jarayonida odatda, sportchining yuqori sport natijalariga erishishiga yordam beradigan xamma sifatlarni yuksak darajada namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish imkoniyati yo‘k. Musobaqalarda xar bir sportchi uz rakibini engishga intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab qiladi. Bu nafakat insonning funksional imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Musobaqalar kuyidagi vazifalarni xal etishga yordam beradi: - sport jamoasida o‘kuv-trenirovka ishi axvolini aniqlash; - kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash; - u yoki bu tayyorgarlik boskichida o‘quv-trenirovka ishiga yakun yasash; - kurashni tarјib qilishga va shugullanuvchilar sonini oshirishga yordam berish. Kurash musobaqalarini o‘tkazish xususityaiga ko‘ra ular kuyidagicha bo‘ladi: a) shaxsiy; b) jamoa; v) shaxsiy-jamoa; g) toifalash. SHaxsiy musobaqalarda ishtirokchilarning xar bir vazn toifasida egallagan o‘rinlari aniqlanadi; jamoa musobaqalarida jamoalar o‘rni aniqlanadi; shaxsiy- jamoa musobaqalarida bir vaqtda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan o‘rinlari aniqlanadi. Toifalash musobaqalari ishtirokchilarning egallagan o‘rinlarini aniqlamasdan o‘tkazilishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan ko‘rsatilgan natijalar sport toifalariga muvofik unvonlar xamda razryadlarni berishda yoki tasdiklashda xisobga olinadi. Musobaqalarni o‘tkazish usuliga ko‘ra ular kuyidagi turlarga bo‘linadi; 2 И. Ниёзов. Енгил атлетика, ўқув қўлланма. Фарғона 2005 й. a) aylnama usul; b) chetlatish bilan aylanma usul; v) aralash usul. Musobaqalar xususiyatlari ularni o‘tkazish usullari musobaqalar nizomida belgilab berilgan. Kurash musobaqalari kalendar reja va musobaqa nizomiga muvofik rejalashtiriladi xamda o‘tkaziladi. Bu hujjatlarni musobaqa o‘tkazayotgan tmashkilot tayyorlaydi va tasdiklaydi. Ularni puxta ishlab chikish va sport tashkilotlariga muddatidan oldin xabar qilish musobaqalarning muvaffakiyatli o‘tishiga yordam beradi. Musobaqalarning kalendar rejasi ularni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkilot tomonidan tuziladi. Kalendar reja kalendar yil uchun ishlab chiqiladi. Kalendar rejani tuzishda kuyidagi koidalarga amal qilish lozim: a) kalendar rejani ishlab chikayotganda uni yukori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobaqalar muddatlari va dasturlariga asoslangan xolda tuzish zarur; b) musobaqalar soni va xususiyati o‘z axamiyatiga ko‘ra shuјullanuvchilarni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashga yordam berishi lozim; v) xar xil turdagi musobaqalarni o‘tkazish ko‘zda tutiladi: tayyorgarlik, nazorat, saralash va asosiy. Tayyorgarlik musobaqalarining asosiy maksadi-kurashchi-larni musobaqa sharoitlariga moslashtirish, musobaqa faoliyatining okilona texnik-taktik xarakatlarni mustaxkamlash, musobaqa tajribasini egallash. Nazorat musobaqalarida sportchining imkoniyatlari tekshiriladi, uning tayyorgarlik darajasi, bosib o‘tilgan tayyorgarlik boskichi samaradorligi aniqlanadi. Ko‘rsatilgan natijalar aosida kurashchilarning kelgusidagi tayyorgarlik dasturi ishlab chiqiladi. Saralash musobaqalari natijalari buyicha asosiy musobaqalarning ishtirokchilari aniqlanadi. Asosiy musobaqalarning bosh maksadi јalabaga erishish yoki imkoni boricha yukori o‘rinlarni egallashdan iborat. Musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun ikkinchi muxim hujjat - bu musobaqa nizomidir. Musobaqa kalendar reja va kurash bo‘yicha musobaqa koidalari asosida tuziladi. Musobaqa nizomi kuyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. 1. Musobaqa maksadi va vazifalari Bu bo‘limda musobaqa o‘tkazayotgan tashkilotning o‘z oldiga ko‘yadigan asosiy maksadi va vazifalari ochib beriladi: - sport jamoalarida o‘kuv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarning axvolini tekshirish; - terma jamoa tarkibini to‘ldirish maksadida eng yaxshi kurashchilarni vazn toifalari bo‘yicha saralab olish; - sport tashkilotlari va sportchilar o‘trasida do‘stlik alokalarini mustaxkamlash; - axoli o‘rtasida sport kurashini ommalashtirish va yoshlarni kurash bilan muntazam shuјullanishga jalb qilish. 2. Musobaqalarni boshqarish Bo‘limda musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishga umumiy raxbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek musobaqani o‘tkazish aniq kimga yuklatilishi; musobaqalar joyini tayyorlash, sportchilar va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovkatlantirish,ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek madaniy tadbirlarni o‘ikazish uchun kim javobgar bo‘lishi ko‘rsatiladi. 3. Ishtirokchilar va katnashuvchi tashkilotlar Bo‘limda musobaqalarda katnashish uchun kaysi tashkilotlar va ishtirokchilarning kanday yosh guruxlariga ruxsat berilishi, trenerlar va vakillarning son tarkibi ko‘rsatiladi. 4. Musobaqalarni o‘tkazish shartlari va tartibi Ushbu bo‘limda musobaqalarni o‘tkazish xususiyati va usullari ko‘rsatiladi. Kunlar bo‘yicha musobaqalar dasturi va turli vazn toifalaridagi bellashuvlar jadvali taklif kilinadi. SHaxsiy, shaxsiy-jamoa va jamoa musobaqalarida sinov tizimi belgilanadi. Egallangan o‘rinlar uchun ochkolarni berish jadvali tavsiya kilinadi. 5. Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi Dastlabki talabnomalarni berish muddatlari, shuningdek oxirgi talabnomalarni berishning aniq muddati belgilanadi. SHuningdek mandat komissiyasiga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 6. Ishtirokchilar va hakamlarni qabul qilish shartlari Ushbu bo‘limda kelish vaqti, joylashtirish, ovqatlanish tartibi, sportchilarning etib kelish muddati aytib o‘tiladi, shuningdek moliyaviy xarajatlar kimning xisobidan bo‘lishi ko‘rsatiladi. 7. G`oliblarni taqdirlash Bu bo‘limda mukofotlar sanab o‘tiladi: musobaqalar ishtirokchilari, jamoalar, shuningdek ularni tayyorlagan trenerlar kaysi o‘rin uchun xamda nima bilan takdirlanishlari ko‘rsatiladi. Mukofotlarning maxsus turlari ko‘rsatiladi, ya’ni eng yaxshi texnika uchun, јalabaga bo‘lgan irodasi uchun, tushe bilan ko‘p marta јalaba kozonganligi uchun. Musobaqalar nizomlariga bulgan asosiy talablar kuyidagilardan iborat: aniqlik, ravshanlik, muayyanlik va asosiy bandlarda tushunchalarning turli xilda talkin kilinishining bo‘lmasligi. Ushbu hujjat amaldagi koidalarga asoslanib tuziladi va musobaqa o‘tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiklanadi. Tasdiklangandan so‘ng u ishtirokchilar va hakamlar kollegiyasi uchun majburiy xisoblanadi. 8. Hakamlar kollegiyasi (xayati) tarkibi va hakamlarning majburiyatlari Musobaqalarda xizmat ko‘rsatish uchun hakamlar kollegiyasi kurash federatsiyasining hakamlar komissiyasi tomonidan tayinlanadi va musobaqa o‘tkazayotgan sport tashkiloti tomonidan tasdiklanadi. Hakamlar kollegiyasi bosh hakam, bosh kotib, gilam raxbari, arbitr, yon hakam, sekundomerchi-hakam, axborotchi-hakam, musobaqalar vrachidan tashkil topadi. Bosh hakam hakamlar kollegiyasiga raxbarlik qiladi, musobaqa o‘tkazayotgan tashkilot va tegishli kurash federatsiyasi olidida musobaqalarning o‘tkazilishiga javobgar bo‘ladi. Bosh hakam musobaqalar boshlanishidan oldin xonalar, jixozlar, asbob- anjomlar, zarur hujjatlarning yarokliligini, ularning amaldagi koidalarga muvofikligini tekshirishi shart. Bosh hakam musobaqalar arafasida hakamlar kengashini o‘tkazadi va undan hakamlar o‘rtasidagi majburiyatlarni taksimlaydi, ishtirokchilar vaznlarini aniqlash uchun komissiya tayinlaydi, shuningdek gilamlar soniga qarab hakamlar brigadasini tuzadi. Bosh hakam musobaqalar davomida musobaqalarning koidalari va musobaqa nizomiga muvofik ularning o‘tkazilishini boshkarib boradi. Ayrim xollarda, ya’ni agar musobaqalar boshlanishidan oldin musobaqa o‘tkazish joyi, jixozlar yoki asbob-anjomlar yaroksiz xolatda bo‘lsa, bosh hakam musobaqalarni bekor qilishi yoki nokulay meteorologik sharoitlarda yoki musobaqalarni o‘tkazishga xalakit beradigan boshka kandaydir sabablarga ko‘ra vaqtinchalik tanaffus berishi mumkin. Bosh hakam musobaqalarning oxirgi kunida hakamlar, jamoa vakillari, trenerlarning yakuniy majlisini o‘tkazadi, natijalarni tasdiklaydi va xamma bajarilgan ishlarga baxo ko‘yadi. Musobaqalarning bosh kotibi hakamlar kollegiyasi majlisi bayonnomasini yozib boradi, kur’a tashlash marosimini o‘tkazadi va aylana bo‘ylab uchrashuvlar tartibini belgilaydi, musobaqalar jadvalini tuzib chikadi, xamma hakamlik hujjatlarini to‘ldirib boradi, arizalar va norozilik bildirishnomalarini qabul qiladi, ular to‘јrisida bosh hakamga xabar beradi, musobaqalarning o‘tkazilishi to‘јrisidagi texnik xisobotni tayyorlaydi. Gilam raxbarining vazifalari ustun bo‘lib, u arbitr va yon hakam ishini muvofiklashtirib turadi. U bellashuvning borishini dikkat bilan kuzatib turishi va musobaqalar koidalariga muvofik xolda hakamlar xamda sportchilarni baxolab borishi shart. Arbitr va yon hakam o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan takdirda, u o‘z karorini chikarishga xaklidir, lekin xech kachon u birinchi bo‘lib o‘z fikrini bildirmaydi, balki yon hakam va arbitr fikrini eshitadi. Agar arbitr va yon hakam sportchilarning xarakat vaziyatlarini baxolashda bir fikrda bo‘lsalar, gilam raxbari hakamlar karoriga aralashmaydi. Arbitr bellashuvga bevosita hakamlik qilish paytida eng mas’uliyatli vazifani bajaradi. U bellashuvning borishini boshkaradi, kurashchilar xarakatini baxolaydi va bellashuvning musobaqalar koidasiga muvofik o‘tishini kuzatib turadi. U bellashuv boshlanishi to‘јrisida signal beradi, bellashuvni to‘xtatadi va yakunlaydi, yon hakam yoki gilam raxbarining ma’kullashiga qarab, bellashuvni tik turishda yoki parterda davom ettirishni belgilaydi. Bellashuv paytida arbitr shunday joyda turishi kerakki, u turgan joydan kurashchilar xarakatlari yoki amalga oshirayotgan usullarini aniq baxolay olishi mumkin bo‘lishi lozim. U kurashchilarning butun gavda kismini ko‘rib turishi, ularning xarakatlari va tashlashlari yo‘nalishini oldindan ko‘zlay bilishi, ularni to‘јri baxolashi xamda xar kanday vaqtda noto‘јri va xavfli xarakatlarni oldini olishga tayyor turishi zarur. Yon hakam kurashchilarning texnik xarakatlarini baxolaydi va ularni maxsus bayonnomaga yozib boradi. U arbitrdan kat’i nazar, xamma vaziyatlarda o‘z fikrini bildirishi lozim, kurashchilar xarakatlarini baxolashda uning fikrlari arbitr fikrlari bilan mos kelishi, balki mos kelmasligi mumkin. Bellashuv paytida, agar yon hakam kurashchilarning u yoki bu texnik xarakatlarini sezsa, arbitr esa bu xarakatlarni ko‘rmagan yoki unga e’tibor bermagan bo‘lsa, u bu xakda arbitrga xabar berishi lozim. U qizil yoki ko‘k rangdagi maxsus ko‘rsatkichni yukoriga ko‘tarib, arbitr o‘z fikrini bildirmasa xam, shunday qilishi shart. Sekundomerchi-hakam kurashchilar, hakamlar va tomosha-binlarni vaqt to‘јrisida ogoxlantirib boradi. U sof јalaba vaqtini kayd etadi , kurashchilarning kechikishlarini belgilaydi, yakkakurash jarayoniga taallukli bo‘lmagan vaqtning yo‘kotilishini xisobga oladi. O‘zining xamma xarakatlarini gilam raxbari va arbitr bilan kelishib amalga oshiradi: arbitr xushtagi bilan sekundomerni yokadi va o‘chiradi. Agar bellashuv kurashchining jaroxat olganligi yoki uning kiyimida kamchilik borligi sababli tuxtatilsa, sekundomerchi-hakam xar bir minut tugashi bilan vaqtni e’lon kilib turadi. Bellashuv tugashi bilan sekundomerchi-hakam sekundomerni to‘xtatadi va tovushli signal beradi. Buni u bir vaqtning o‘zida bajarishi lozim. Axborotchi-hakam musobaqalarni o‘tkazish dasturi va tartibini e’lon qiladi, tomoshabinlarga kurashning borishi to‘јrisida axborot beradi, xar bir bellashuv natijalarini, navbatdagi juftlik tarkibini e’lon qiladi, musobaqa koidalarini ayrim xolatlarini tushuntirib beradi, musobaqa ishtirokchilarining sport faoliyatiga tavsif beradi. Musobaqalar borishi to‘јrisidagi xamma ma’lumotlar musobaqa bosh hakami ruxsati bilan beriladi. Musobaqalar vrachi hakamlar kollegiyasi tarkibiga kiradi, u ishtirokchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va musobaqalarni o‘tkazishning sanitariya-gigienik sharoitlari uchun mas’ul xisoblanadi. Vrach vazn o‘lchanayotganda sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va zarur xollarda ishtirokchilarga musobaqada katanshish uchun ruxsat berish to‘јrisida xulosa chikaradi. U ishtirokchi jaroxatlanganda yoki kasal bo‘lib kolganda tibbiy yordam ko‘rsatishi lozim. Bellashuv paytida tibbiy yordam gilam maydonchasi tashkarisida ko‘rsatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling