1-Mavzu. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili fan sifatida. Kursning maqsad va vazifalari. Matn haqida tushuncha. Reja


Lisoniy tahlil – aniq bir til yoki nutq biriligini parchalab o‘rganishdir


Download 225.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi225.67 Kb.
#1207924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU

Lisoniy tahlil – aniq bir til yoki nutq biriligini parchalab o‘rganishdir. Lisoniy tahlil 
til hodisalarini qamrash chegarasiga qarab to‘liq va to‘liqsiz bo‘lishi mumkin. Masalan, 3-sinfda 
“Ot so‘z turkumi” mavzusi o‘rgatilgandan so‘ng to‘liqsiz tahlil o‘tkaziladi. Bunda diqqat uch 
masalaga qaratiladi: so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligi, so‘rog’i, soni. Bundan keyingi 
tahlil, ya’ni 4-sinfda e’tibor qaratiladigan masalalar ortib boradi: ot, otlarda son, egalik, kelishik 
kabi. Lisoniy tahlil bajarish shakliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. 1. Og’zaki tahlil. 2. Yozma tahlil. 
Og’zaki tahlil o‘quvchilarning bilimlarini qisqa vaqt ichida aniqlash imkonini beradi. Bundan 
tashqari, o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘ysa, unga o‘z vaqtida yordamlashish imkoni bor. Yozma 
tahlilning ham o‘ziga xos ijobiy tomonlari bor. O‘quvchi fikrlarini bemalol bayon qilish 
imkoniyatiga ega. Boshlang’ich sinflarda dars jarayonida lisoniy tahlilning yuqorida ko‘rsatilgan 
barcha turlaridan foydalaniladi. Tahlil namunasi sinfda o‘rganilgach, uy vazifasi ham qilib berish 
mumkin. 1-4- sinflarda tahlil uchun til
materillarini tanlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu 
sinflarda tahlil materiallari sifatida so‘z, gap, matnlar berilishi mumkin. 
Tahlil materiallari 
o‘quvchilarning bilimini, tafakkurini, nutqini o‘stirishga yordam berishi bilan bir qatorda ularni 
barkamol insonlar qilib tarbiyalashga ham xizmat qilmog’i lozim.
 
Matn - rasmiylashuvga ega bo'lgan yaxlitlikni shakllantiradigan turli xil 
belgilarning o'zaro bog'liq ketma-ketligi bo'lgan mazmunli nutqiy ish. 
Matn tizimli ravishda taqdim etiladigan faoliyatni amalga oshiradi va faoliyat turi 
ob'ekt va ob'ektni, jarayonning o'zi, maqsad, vosita va natijani nazarda tutadi. Faoliyat 
tarkibining bu tarkibiy qismlari matn tarkibidagi tarkibiy, funktsional, kommunikativ turli 
ko'rsatkichlarda aks ettirilgan. 
Matnning eng kichik birligi gap hisoblanib, ular matn tarkibida ma’lum bog‘lovchi 
vositalar yordamida bog‘lanadi. Ular quyidagilardan iborat: bog‘lovchilar, bog‘lovchi 
vazifasidagi ayrim so‘zlar, takroriy bo‘laklar, olmoshlar, sinonimlar.
Karimjon a’lo o‘qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. U jamoat ishlarida ham faol 
qatnashadi. 
Matn tarkibidagi ikkinchi gap boshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida kelgan 
Karimjon 
o‘rnida kelib, ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog‘lab 
keladi.Shuninguchunhamuolmoshimatnqismlarinibog‘lovchi, 
ya’nimatnhosilqiluvchivositasanaladi. 

Download 225.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling