1-Mavzu. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili fan sifatida. Kursning maqsad va vazifalari. Matn haqida tushuncha. Reja
Download 225.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Matn birliklari. 4. Matn va uning tipologik tasnifi. Tayanch tushunchalar
1-Mavzu. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili fan sifatida. Kursning maqsad va vazifalari. Matn haqida tushuncha. Reja: 1. Kirish. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili kursi haqida umumiy ma’lumot. 2. Matn ta'rifi. 3. Matn birliklari. 4. Matn va uning tipologik tasnifi. Tayanch tushunchalar: Matn, gap, murakkab sintaktik butunlik, abzas, minimal matn, maksimal matn, mikromatn, makromatn, badiiy matn, nobadiiy matn, hikoya mazmunli matn, tasviriy matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar mazmunli matn, so’roq mazmunli matn, buyruq- istak mazmunli matn, hissiy ifoda mazmunli matn. Kirish. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili kursining asosiy maqsadi - Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq meyorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular bo’yicha berilgan matnlardan tashkil topgan. Matnlarni mavzusiga ko’ra tilning fonetik, leksik, frazeologik, grammatik qurilishi jihatidan tahlil qilishga o’rgatish jarayonida o’quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir. Fanning vazifasi – O’qish kitobi” darsligida berilgan matndagi gaplarni fonetik, leksik, morfologik va sintaktik jihatdan to‘liq tahlil qilish asosida o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘qigan, ko‘rgan, eshitganlarini nutqiy to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy o‘stiriladi. Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g‘oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo‘llanadi. O‘qilgan asarni analiz qilishda har xil ish uslublaridan foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositalaridan biri turli uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Matnni hikoyalash orqali til xususiyatlarining lingvistik tahlili alohida ahamiyatga ega.Badiiy asar tili nihoyatda murakkab va o’ziga xos hodisa hisoblanadi. Tilshunoslik, umuman, filologiya tarixida uni o'rganishga turlicha yondashib kelingan. Badiiy asar tili tadqiqi bilan bir umr shug'ullangan V.Vinogradov o’zining «Badiiy adabiyot tili haqidagi fan va uning vazifalari» nomli ma’ruzasida badiiy adabiyot tili to’g'risida gap ketganda, «til» so’zi ikki xil ma'noda qo’llanishini ta'kidlaydi, ya'ni: 1) u yoki bu milliy tilning sistemasini aks ettiruvchi «nutq» yoki »matn» (adabiy til tarixi, tarixiy grammatika va leksikologiya uchun tahlil materiali) ma'nosida; 2) «san'at tili», badiiy ifoda vositalari sistemasi ma’nosida. Adabiyotning so’z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi haqidagi haqiqatni hech kim hech qachon inkor etgan emas. Kishilik tarixida adabiyot atalmish dunyoni obrazli idrok etish san’ati yaralibdi-ki, bu san’atning asosiy ifoda vositasi bo’lgan so’z, tilni tadqiq etishdek mashaqqatli yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi. Download 225.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling