1-Mavzu. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili fan sifatida. Kursning maqsad va vazifalari. Matn haqida tushuncha. Reja
iqtibos deb yuritiladi.Iqtiboslar
Download 225.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy matnda esa
- Adabiyotlar
iqtibos deb yuritiladi.Iqtiboslar har qanday nutq uslublarida ham kuzatilsa-da, ayniqsa, ilmiy
matnda alohida o‘ringa ega.Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan. Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy- estetik idrokini harakatga keltirish na zarda tutiladi. Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi badiiy tasvir usulidir. Masalan, yozuvchi Murod Muhammad Do‘stning «Lolazor» romanidan olingan quyidagi parchada asar bosh qahramoni Yaxshiboyev nutqida Alisher Navoiyning mashhur «Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot» bayti keltirilgan va uning manbasi, kimga tegishliligi aytilmagan, shu tariqa ijodkor maqsadiga – qahramon xarakterining bir qirrasini ochib berishga batamom xizmat qiladigan poetik ifoda yuzaga kelgan. Ilmiy matnda esa iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga tegishliligi, manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu holat qonunan plagiat, ya’ni o‘g‘irlik hisoblanadi.Ayni paytda ilmiy odob qoidalariga ham mutlaqo ziddir. Masalan: Atoqli o‘zbek adabiyotshunosi O.Sharafiddinov shunday yozadi: «Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo‘lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi.Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobga chiqariladi» (O.Sharafiddinov.Adabiyot tildan boshlanadi. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1986. 5-sentabr). Adabiyotlar: 1. Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. –B. 12-13. 2. Sharafiddinov O. Adaboiyot tildan boshlanadi // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1986, 5- sentabr 3. Yo’ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.– Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010. 4. Doniyorov X., Mirzayev S. So’z san’ati.– Toshkent: O’zadabiy nahsr, 1962.– 173-174. 5. Gorelikova M. I., Magomedova D.M. Lingvisticheskiy analiz xudojestvennogo teksta.– M: Russkiy yazik. Download 225.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling