1-Mavzu. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili fan sifatida. Kursning maqsad va vazifalari. Matn haqida tushuncha. Reja


Download 225.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.02.2023
Hajmi225.67 Kb.
#1207924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU

Matnning asosiy xususiyatlari: 
1) Matnning to'liqligi, semantik to‘g’riligi, bu fikrning to'liq (muallif nuqtai nazaridan) oshkor 
etilishi va matnni avtonom tarzda qabul qilish hamda tushunish imkoniyati bilan namoyon 
bo'ladi; 
2) aloqasi, birinchi navbatda, fikrlarni rivojlanish mantig'ini aks etadigan ketma-ketlikdagi 
jumlani tartibga solishda (semantik muvofiq); ikkinchidan, tilning leksik va grammatik vositalari 
yordamida rasmiylashtirilgan muayyan tarkibiy tuzilmada; 
3) tarzi birligi bo'lib, bu matn matnni har doim uslubiy shaklda yaratilganidan iborat: interaktiv, 
rasmiy, biznes, ilmiy, jurnalistik yoki badiiy uslub. 
4) integrallik, to'liqlik va uslub birligi bilan o'zini namoyon qiladi. 
O‘zaro va tarkiban bog‘langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki og‘zaki shakldagi 
yaxlit birlik matn sanaladi. Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning 
muayyan qoidalari asosida bog‘lab, matn tuzamiz. Matn tuzuvchi muayyan voqea-hodisa yoki 
narsa, shaxs haqida hikoya qilish, ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi 
maqsadlarni ko‘zda tutishi mumkin. Mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan, bir mavzuni 
ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi. Mavzu matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligidir. 
Shundan kelib chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo‘lishi mumkin. Matn turli maqsadlar 
bilan tuziladi. Masalan: muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar berish, hikoya 
qilish, ularning ta’rif-tavsifini berish, ya’ni tasvirlash, ularni muhokama qilish, ya’ni mulohaza 
yuritish. Ana shunga ko‘ra, matnlarning quyidagi turlari farqlanadi:  


1. Hikoya matni. 2. Tasviriy matn. 3. Muhokama matni. 
Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish maqsadida tuzilgan matn 
hikoya matni sanaladi. Hikoya matni ko‘proq so‘zlashuv va badiiy asarlarda qo‘llanadi. Hikoya 
matnida muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladi, hikoya qilinadi. 
Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan, tavsiflangan matn tasviriy matn 
hisoblanadi. Tasviriy matn badiiy adabiyotda, so‘zlashuv va boshqa nutq shakllarida qo‘llanadi.
Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr-mulohazalar bayon qilingan matn 
muhokama matni hisoblanadi. Muhokama matni darsliklar va ilmiy kitoblarda ko‘proq 
qo‘llanadi.
Gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga kelgan 
tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi bo‘lgan matn tilning eng yirik birligidir. Har 
qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra so‘zlashuv matni, ilmiy matn, 
rasmiy matn, badiiy matn va publitsistik matn farqlanadi.
Odatda matndagi yaxlit mavzu-mazmun, asosiy g‘oya, muallifning maqsadiga muvofiq uning 
nomi – sarlavhasi bo‘ladi. Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa matnlardan olingan 
katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar ifodalanayotgan fikrni dalillash, 
isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish, unga munosabat 
bildirish kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi. Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha 

Download 225.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling