1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet141/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

to’g’risida" hamda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" Qonunlar
qabul qilindi. Ushbu qonunlar fuqarolarning axborot qidirib topish, olish, uzatish va
tarqatish huquqini to’la miqyosda ta’minlaydigan huquqiy qurol bo’lib, aholi uchun
axborot olish va yetkazishning bosh vositachisi deb qaraluvchi jurnalistning samarali
faoliyat ko’rsatishi uchun huquqiy asosni vujudga keltirdi.
Istiqlol yillarida ommaviy axborot vositalari mansabdorlarning to’rachiligi,
korrupsiya, mustabidlik va boqimandalik psixologiyasi yo’lida mustahkam g’ov
bo’lib, qonunchilikni ro’yobga chiqarish islohotlarning borishi va inson huquqlariga
rioya etilishi ustidan nazorat qilishning ta’sirchan vositasi bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston mustaqilikka erishgandan so’ng xorijiy ommaviy axborot 
vositalari bilan aloqa o’rnatish masalasi tashqi siyosiy faoliyatimizning asosiy
yo’nalishlaridan biriga aylandi. Chunki O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga
qanchalik tez kirib borishi ana shu axborot vositalari tarqatadigan xabarlarining
to’g’riligiga bog’liq.
Ayni paytda shu ommaviy axborot vositalari har bir kishi o’z fikrini ifoda eta
olishiga imkon beradigan erkin minbar bo’lishi kerak. Ayni vaqtda ular
jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi,
odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo’yicha faol ish olib
borishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston ijtimoiy haѐtida
televideniye va radio rolini ko’tarish to’g’risida”gi 1997 yil 7 maydagi Farmoni
yuqorida ko’rsatilgan masalalarni me’yoriy tartibga solishda ko’riladigan chora-
tadbirlarning ommaviy ifodasi bo’ldi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida yaratilgan boshqaruv tizimi va uning
qonunchilik asoslari, fuqarolik jamiyati mamlakatda inson huquqlarini himoya
qilishga va huquqiy demokratik davlat barpo etilganligini kafolatlaydi. 



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling