1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONING IQTISODIY
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Birinchi bosqichda
15-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONING IQTISODIY,
MA’NAVIY VA MADANIY HAYoTI. O’ZBEKISTONING JAHON HAMJAMIYaTIGA INTEGRASIYaLAShUVI Reja: 1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar. 2. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol g’oyasi va mafkuraviy masalalar. 3. Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi. 4. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi. Tayanch so’z va iboralar: O’zbekiston Respublikasi, «O’zbek modeli», agrar islohotlar, valyuta, xususiylashtirish va privatizasiya, bozor munosabatlari, narxlarni erkinlashtirish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, kichik va o’rta biznes. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Umid», «Ulug’bek», «Ustoz», «Kamolot», XXI asr, Markaziy Osiyo, BMT, YeXHT, MDH ko’p tomonlama hamkorligi, integrasiya, ikki tomonlama aloqalar, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, diniy ekstremizm, xalqaro terrorchilik. -I- 1) O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Davlat mustaqilligini qo’lga kiritilishi O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to’rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan. O’zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o’zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo’lib qoldi. O’zbekiston tanlagan islohot yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: - iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak; - davlat bosh islohotchi o’rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; - bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart; - bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish; - ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolision yo’l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish tamoyillari asosida g’oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang’ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tishdan iboratdir. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko’ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o’tish davridagi bir-biriga bog’liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to’g’ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g’oyat muhim yo’nalishlari Prezident tomonidan belgilab berildi: o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling