1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1992 yil 2 iyul
1990 yil iyun oyida Respublika Prezidenti
Islom Karimov "Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to’g’risida"gi farmonga imzo chekdi. O’zbekiston hukumatining har tomonlama qo’llab-quvvatlashi bilan 1991 yilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo’lgan bo’lsa, 2001 yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi. So’nggi yillarda Haj safariga boruvchilar 4 ming nafar kishini tashkil etmoqda. Davlat ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda. 1992 yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri "Navro’z" umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. "Movaraunnahr" diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o’z o’rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O’zbekiston bo’yicha 87 masjid bo’lsa, 1998 yilda ularning soni 3000ga hozir esa 5000ga yetdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o’rtasida mehr-oqibat tuyg’ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o’rin tutib kelgan. O’zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko’p millatli O’zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o’n oltita diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda. Istiqlol yo’lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillariga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda. Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O’zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o’rganib chiqib, ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992 yil 2 iyul Respublikamizda "Ta’lim to’g’risida"gi qonun qabul qilindi.Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi - ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi; - ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi; -ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi; - e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi; - ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling