san’atining ko’p asrlik an’analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san’atini
har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika
bazasini yanada
mustahkamlash, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda
teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida "O’zbekteatr" ijodiy-
ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Tyeatrlarning 90-yillarning
ikkinchi
yarmidagi repertuarlarida tarixiy pyessalar keng o’rin oldi. 1996 yili Amir
Tyemurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakllar
saxnalashtirildi. "Navro’z-97" teatr festivali munosabati bilan Sohibqiron obrazini
ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998 yili al-Farg’oniy, al-Buxoriylarni
yubileylariga bag’ishlangan pyessalar yaratildi. Mamlakatimizning
boy tarixini
namoyish etuvchi spektakllar Toshkentni yetakchi teatrlaridagina emas, barcha
viloyatlarning teatr sahnalarida qo’yildi. 1995-1997
yillari Rcspublika teatrlari
tomonidan 313 yangi spektakllar qo’yildi.
O’zbekistonda
musiqa va raqs san’atini
rivojlantirish maqsadida "O’zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
Unda musiqa raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash
masalalari ko’zda tutildi. San’atni barcha sohalari, madaniy-ma’rifiy muassasalari
uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika
Prezidentining doimo
e’tibor markazida bo’lib keldi. Sovetlar davridagi madaniyat o’quv ishlari qayta
tuzilib ko’plab yangi o’quv maskanlari tashkil etildi. 90-yillar oxirida mamlakatda 27
ta maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatdi. Shundan bittasi oliy o’quv yurtlari, 20 ta
o’rta maxsus bilim yurtlari, 2 maktab-internat.
Mustaqillik
yillarida
Do'stlaringiz bilan baham: