1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


hamjamiyati tomonidan tan olinishi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet155/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

hamjamiyati tomonidan tan olinishi. XX asrning oxirgi o’n yilligi insoniyat tarixiga
buyuk o’zgarishlar davri bo’lib kirdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o’z
taraqqiyot ko’lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish uchun harakat
boshladi. Shular qatori O’zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish
maqsadida o’zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi.
O’zbekistonning o’z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo’g’rofiy-siyosiy
imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon
hamjamiyatidan munosib o’rin olish uchun imkon berdi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonda xalqaro
tashkilotlarning faoliyatini o’rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik
aloqalarni yo’lga qo’yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy
kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston bu
ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining tamoyillari
quyidagilarni tashkil etadi:
- milliy-davlat manfaatlarini ustun qo’ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning
suveren tengligini hisobga olish;
- umumbashariy qadriyatlarni ustun qo’ygan holda nizoli mojorolarni tinch yo’l
bilan hal etish;
- tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlikni o’rnatishda
boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
- barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o’rnatishga intilish;
- xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro
talablarga rioya qilish;
- tashqi siyosatda ko’p tomonlama aloqalarni o’rnatishda xalqaro tashkilotlar
doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.O’zbekiston Respublikasi butun
jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga
sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning
tamoyillari va normalarining butun majmui Konstitusiyaga BMT Ustavidan, Inson
huquqlari umumiy deklarasiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq
bitimlardan, Xyelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi.


Shu o’rinda aytib o’tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy
tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar
yo’nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish
imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida
mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling