1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropa Ittifoqi
1999 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat
rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig’ilishda O’zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo’yicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bo’lib, bu muzokaralar 1996 yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o’laroq O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig’ilishida O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning "Fortezza de basso" qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bu hujjat O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o’z o’rni va ovoziga ega bo’lishida katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bitim O’zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo’lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg’or davlatlar bilan bo’layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlikning keng ko’lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo’lib xizmat qildi. O’zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo’shilmaslik harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o’rnatdi. O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O’zbekiston jahon iqtisodiyotida integrasiyalashish yo’lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yib oldi. Shu bilan birga O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YuNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz o’rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Mustaqil O’zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling