1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiya Federasiyasi
1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari
bo’lib o’tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo’mita tuzish, iqtisodiy integrasiyani to’laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to’lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o’rin egalladi. O’zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo’yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab o’zaro manfaatli hamdo’stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi. Rossiya Federasiyasi bilan mustaqillik yillarida bo’layotgan o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o’tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o’rtasidagi 1992 yil o’rnatilgan diplomatik aloqalardan so’ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Rossiya Federasiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq Ye.Primakov 1998 yil Rossiya Federasiyasi prezidenti B.Yel’sin, 1999 yil dekabr va 2000 yil may oyida prezident V.V.Putinning O’zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O’zbekistonning o’zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo’lga qo’yishda, diniy eksteremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o’rin tutdi.O’zbekistonda 350 korxona Rossiya investisiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo’shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonalari ishlayapti. Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo’lga qo’yildi. 1994 yilda Ukraina prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O’zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining o’rtasidagi o’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xo’jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o’zaro hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan aloqador bo’lgan masalalar asosiy o’rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan ortiq o’zbek-ukraina qo’shma korxonalari ishlab turibdi. 2001 yili MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o’z ishini boshladi. Sammitda o’tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o’zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko’paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi muassasalar, xo’jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. O’zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o’z navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish. MDH doirasidagi davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o’zaro keng foydalanish, iqtisodiy aloqalarni keng qamrovli olib borish, ekologik muammolarni hal etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 4) Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling