ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi.Ayni paytda
O’zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yo’lga qo’yib borar ekan,
bu
mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo’lga qo’yishdagi asosiy xavf
Afg’oniston mojarosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi. Bularga siyosiy
jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm,
xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik,
narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog’ savdosi
kabi muammolarni kiritish
mumkin.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida
turgan xalqaro terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar
rahbarlarining
2000 yil 20-23-aprel kunlari Toshkentda Prezidentning Do’rmon
qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. To’rt davlat rahbarlari
mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va
boshqa tahdidlarga
qarshi birgalikda harakat olib borish haqida hujjatni imzoladilar.Ushbu mamlakatlarni
birlashtirib turgan muhim muammolar qatorida Orol dengizi masalasi katta o’rin
tutadi. Shu bois bu masalani to’la qonli hal etish mintaqadagi davlatlarning global
muammolari qatoriga kiradi.
Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan beri bu
muammoni hal etish Markaziy Osiyo respublikalarining o’zaro aloqalarida o’z aksini
topib bormoqda.
Orol dengizi muammosi bo’yicha
Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining Qizil O’rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari
bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvlarda asosan Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan
chora-tadbirlarni ko’rish belgilab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: