1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet147/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994
yil 23 apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma’naviy va
mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2000 yilning 2 iyunidagi Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi yangi farmoni mamlakatimizda
ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g’oyasining
asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan
ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo’ldi.Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashi Prezident farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida "Jamiyat
ma’naviyatini yanada yuksaltirish", "Aholini siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish"
yuzasidan hujjatlar qabul qilib, 39 ta kichik ishchi guruhlari tuzdi. Qabul qilingan
dasturlarni amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini
kuchaytirish yuzasidan kengashning joylardagi bo’limlari muayyan ishlarni amalga
oshirmoqdalar.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda - ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini
o’rganish ham katta o’rin egallaydi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan
meroslarini o’rganish va targ’ib etish uchun keng yo’llar ochildi. Bu boradagi
tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta
mablag’lar ajratildi. O’zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at
oliy o’quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o’choqlariga aylanib qoldi.
Tyeatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo’yila boshladi. Badiiy adabiyotda
partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga chek qo’yildi. Bahovuddin
Naqshband, Feruz, Xo’ja Axror, Cho’lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib
asarlari chop etildi. Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarini hisobga olib
adabiyotning ilg’or namoyandalari Abdulla Oripov, Sayid Ahmad, Erkin Vohidov,


Qayibergen To’lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O’zbekiston Qaxramoni unvoniga
sazovor bo’ldilar.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling