1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
-MAVZU:O'ZBEK SAN'ATI USTALARI
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
32-MAVZU:O'ZBEK SAN'ATI USTALARI
O’rta Osiyoda juda qadimiy bo’lishi bilan birga, ajib, o’ziga xos, betakror namunalari bilan ajralib turadi. Har bir naqshning tashqi ko’rinishini ifodalovchi ajib bir gullari, yaproq, novda, islimi, girixi kabilar bilan birga chuqur ichki ma`nosi bor. Bunda har bir shakl aniq o’lchamda, hamohang bo’lishi, ranglar did bilan o’zaro mutanosib tanlanishi kerak. Ma`lumki, O’rta Osiyoga islom dinini kirib kelishi bilan joriy etilgan jonli mavjudot tasvirini ishlashning ma`n qilinishi tasviriy san`atni rangtasvir, haykaltaroshlik kabi turlarini rivojlanishiga to’sqinlik qilgan, biroq, xalq amaliy san`ati, xususan naqqoshlik san`ati keng taraqqiy etishiga ham katta turtki bo’lgan. Binolar, turli idish-tovoqlar, buyumlar, qurol-aslahalar naqsh bilan bezatildi. Shaharlar husniga ko’rk bo’lgan qadimiy obidalar, masjidu, madrasalar, xonoqo va maqbaralar naqsh bilan bezatildi, ganch va yog’och o’ymakorligi keng ko’lamda qo’llanildi.Ana shunday milliy san`atimiz bo’lgan xalq amaliy san`atining bizgacha etib kelishi va rivojlanishida mashhur ustalar Usta Shirin Murodov, Yusufali Musaev, Umrzoq Ahmedov, Ota Polvonovlarning hissalari beqiyosdir.Farg’ona naqqoshlik maktabi nomi bilan tilga olinadigan Xo’jand, Marg’ilon, Qo’qon, Farg’ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublarda ijod qilgan ustazoda Saidaxmad Norqo’zievni ham alohida ta`kidlash joizdir. Bugungi kun yoshlari ularning ishlarini sadoqat, ixlos, mehr-muhabbat bilan o’rganmoqdalar.Bu yo’lda ularga bajonidil ustozlik qilib kelayotgan Namangan naqqoshlik maktabini asoschilaridan biri xalq ustasi Asqarali Akparovdir. Asqarali Akparov 1951 yili Qirg’izistonning Yangiyo’l tumanida Qutchu avulida tavallud topgan. Shahidlar mozori tabarruk Safed Bulondan 20-25 chaqirim masofada, tog’lar orasida joylashgan bu xushmanzara maskanga Asqarbekning ota avlodi 1917 yildagi o’zgarishlardan keyingi alg’ov-dalg’ov yillari borib qolishgan. Aslida esa bo’lg’usi xalq ustasining ota jihat avlodlari Yangiqo’rg’on tumanidagi Iskovot qishlog’idanu, ona taraf qarindoshlari Namangan shahrining Langar Buvasida istiqomat qilganlar. Akademik O'zbekiston xalq ustasi Asqarbek Akparov ijodxonasi.Yosh Asqarbekning bolalik chog’lari yuqorida zikr etilgan har uchta manzillarda kechgan, biroq uning ruhiga takomishga ko’proq ta`sir etgani, albatta tog’larning husn tarovati, tog’liklarning mardona, samimiy tabiati va ayniqsa, padari buzrukvori bog’bon Adhamsho otadan eshitgan Safed Bulon voqealari haqidagi hikoyalar bo’lgan. Jannatmakon ajdodlar yurtida, firdavsmonand zaminda, go’zallikdan, yuksak taqdirdan zavqu-shavq, ibrat olib o’sgan ko’ngilda musavvirlik mudroq holda yotar edi.Asqarbek 12 yoshga kirganida ota-onasi bilan qadimiy shaharlardan biri bo’lgan Qo’qonga, avtomobil yo’llari texnikumida tahsil olayotgan ikki akalarini ko’rgani boradiyu, aylanib Xudoyorxon saroyiga, jome` masjidiga xalq amaliy san`ati yodgorliklarini ko’rgani kiradi. U erdagi naqshlar, buyumlarga ishlangan badiiy bezaklar yosh Asqarbekka qattiq ta`sir qiladi, cho’lda bir qultum toza suv ichib, chanqog’ini qondirgan yo’lovchi kabi u ham qalbidagi chanqoqlikni qondirgandek sezadi. U Qo’qondagi ta`ssurotlar sabab halovatini yo’qotadi, endi uni qo’lidan qog’oz, qalam tushmaydigan bo’lib qoladi. Ona tabiatdan jo’shgan murg’ak qalbni, Moniy va Kamoliddin Behzodlar san`atiga, milliy san`atimiz farzandidagi qiziqishni sezgan volidai muhtaramasi Buvixon aya Asqarbekni Yangiqo’rg’on tumanining Iskovot qishlog’idagi qo’li gul, mohir naqqosh Javlonbek Jamolovga shogirdlikka olib boradi. Asqarbek juda tez fursatda ustasidan amaliy san`atning ilk saboqlarini olib, boshqa shogirdlaridan tubdan farq qilib qoladi. Javlon aka chizgan naqshlarga pardoz berib, siyohqalam bilan bajariladigan ishlarni binoyidek uddalaydigan bo’ldi. Shogirdidagi didni, ihtiyorni ko’rgan ustozi Asqarbekni Toshkentga borib o’qishni davom ettirishi kerakligini ta`kidlaydi. 1969 yilda Toshkentdagi P.P.Bel’kov (hozirgi K.Behzod) nomidagi san`at bilim dargohiga o’qishga borib, barcha imtihonlarni a`lo baholarga topshiradi. Omadi chopib talabalik yillari atoqli ustozlar, yaxshi insonlar davrasida o’tdi. Sharq olamida mashhur naqqosh, san`at arbobi Yoqubjon ota Raufov, u kishining shogirdi Tohir To’xtaxo’jaev, O’zbekiston xalq rassomi Jalil Xakimovlar naqqoshlik, ganch o’ymakorligi, amaliy san`atning eng nozik qirralarini shogirdlari qalbiga joylaganlar. Ulardan ilhomlangan Asqarbek yangi-yangi naqshlar, bazaklar yaratish ustida ilhom va g’ayrat bilan ishlab malakasini oshirdi. Naqshlarda milliy ruh va sharqona joziba jilorlarini uygunlashtirishga intildi. Gullarga mos, uyg’un ranglar tanlashga alohida e`tibor bilan qaradi. Bu say`i-harakatlari talabalikning dastlabki qiyinchiliklarini engib o’tishga katta yordam berish bilan birgalikda ustozlarning ham e`tiborini o’ziga qaratdi. Ustozlar esa o’z vaqtida uning iste`dodini unib-o’sishiga g’amxo’rlik qildilar. 1970 yilda yozgi imtihonlarni yakunlab, san`atimizning yana bir buyuk namoyondasi, O’zbekiston xalq rassomi, ganchkor usta Maxmud Usmonov saboqlarini oldi. Ijodiy guruh bilan ishlash baxtiga muyassar bo’ldi. Toshkent shahridagi O’rta Osiyoda mashhur «Moviy gumbazlar» choyxonasini, so’ngra Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidagi shon-shuhrat uyini bezashda, Namangan viloyati Pop tumanidagi mahalliy ishlab chiqarish birlashmasi Madaniyat saroyi va Farg’ona viloyatining Marg’ilon shahridagi Yo’ldosh Oxunboboev muzeylarini badiiy bezash ishlarida ham Maxmud Usmonov bilan birga ishlab tajriba orttirdi. Bilim yurtida olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, naqqoshlik, ganch o’ymakorligi va badiiy bezash san`atining o’ziga xos sir-asrorlarini har taraflama puxta o’rganish uning niyat-maqsadiga aylandi. Shuning uchun bilim yurtini 2-kursini tugatganidan so’ng, 1970 yilda Qo’qonda yangi tashkil qilingan «Badiiy ishlab chiqarish korxonasi»ga yosh va o’z vaqtida iqtidorli naqqosh sifatida ishga taklif qilindi. Bu korxonada rahbarlik qilib kelayotgan Yuriy Mixaylovich Rubinov korxonaga etuk mutaxassislarni to’plagan edi. Chust shahar San`at saroyi. Ularda katta tajriba, mahorat bor edi. Yoz buyi Qo’qon va uning atrofidagi tashkilot va xo’jalik binolarida badiiy bezash ishlarida qatnashib, o’zining iste`dod sohibi ekanligini ko’rsatdi. Bunga alohida e`tibor bergan, mohir tashkilotchi Yuriy Mixaylovich Asqarbekka 1975 yil o’qishni tug’atgach naqqoshlar brigadasiga rahbarlik qilishdek mas`uliyatli vazifani ishonib topshirib, Namanganga jo’natdi. Asqarbek ilk bora rahbar sifatida mualliflik qilgan xomaki nusxalari va shu nusxalari asosida bajarilgan Namangan viloyat ijroiya qo’mitasi binosining to’rtinchi qavatidagi ishlar badiiy kengash tomonidan yuqori baholandi. Shundan keyin Pop tumani madaniyat saroyi, Chust shahri restorani, Namangan shahridagi choyxona, Farg’ona viloyatidagi Yozyovon tumani madaniyat saroyi kabi ko’plab inshootlarni badiiy bezash ishlarini muvaffaqiyatli bajardi. Ayniqsa, u tomonidan devor va bino shiftlariga tushirilgan naqshlar diqqatga sazovor bo’lgan. Misol uchun Chust restorani devoriga murakkab geometrik shakllar ichiga qiyg’os ochilgan g’unchalar ustalik bilan joylashtirilgan, o’ynoqi naqshlar ochiq, issiq ranglarda berilgan bo’lsa, Pop tumani madaniyat saroyi shiftida go’zal bog’u-rog’lar va paxtazorlar aksini ko’rishimiz mumkin. Shu davrlarda Asqarbekda ajoyib va ayni paytda mas`uliyatli g’oya paydo bo’ldi. Ya`ni, endi u o’z oldiga naqqoshlik, ganch o’ymakorligi va badiiy bezash san`atini birgalikda, umumiy yaxlitlikda ishlash maqsadini qo’yadi. Bu nihoyatda og’ir va mashaqqatli ish ekanligini yaxshi tushunib etardi, ammo har uchchalasini umumiy, yaxlit san`at sifatida o’zlashtirish uchun iste`dodi etarli ekanligiga yurakdan ishonar edi. Xalq amaliy san`atining qadimiy shukuhi va salohiyatini, rangin va betakror mo’`jizakorligini umumlashtirishga intildi. Qisqa vaqt ichida yigirmadan ortiq binolarga o’zi yaratgan naqshlar jozibasini, go’zalligini muhrlashga erishdi. Uni ishiga kundan-kunga talablar orta bordi. Natijada Asqarbek Akbarov iste`dodli naqqosh va ganch o’ymakor usta sifatida el nazariga tushdi. Uni ishlarini sinchkovlik bilan kuzatib kelayotgan Yu.M.Rubinov 1976 yildan boshlab respublika va sobiq Ittifoq miqyosidagi ko’rgazmalarda ishtirok etishga da`vat qiladi. Yosh bo’lishiga qaramay salmoqli ishlar qilgani, ko’plab nufuzli ko’rgazmalarda faol qatnashgani uchun sobiq ittifoq rassomlar uyushmasiga qabul qilindi. Bu voqea hayotining nurli nuqtalaridan biri sifatida yodida qoldi. Bu voqea 1979 yilning yoz oyilarida bo’lib o’tgan edi. Asqarbek oka Namangan tumanidagi «Leningrad» jamoa xo’jaligi muzeyiga naqsh salayotgan edi. Ittifoqo, O’zbekiston Rassomlar uyushmasining raisi, xalq rassomi Rahim Axmedov u joyga tashrif buyuradi. Muzey foyesiga solinayotgan naqshlar va ganch o’ymakorligi rais e`tiborini ohangraboday o’ziga tortadi. Namanganda xalq amaliy san`ati an`analarini mehr-muhabbat bilan davom ettirib, o’ziga xos uslub yaratayotgan iste`dod sohibi borligidan quvonib, o’sha zahotiyoq rassomlar uyushmasiga a`zolikka qabul qilinishi uchun birinchi bo’lib tavsiyanoma yozib beradi. Keyin esa dunyoga mashhur amaliy san`at ustalari, Davlat mukofotining sohiblari Qodirjon Haydarov, Muhiddin Rahimovlar ham uning mexnatlariga yuqori baho berib, ishonch bildirganlar. Asqarbek akani buyuk san`at ustalarining e`tiboriga tushganligini o’zi uni ijodi yuqori cho’qqilarga ko’tarilgan va u iste`dodli, fidoiy san`atkor ekanligidan dalolat berib turardi. 80-yilarda ko’rgazmalarda qatnashgan ishlaridan biri Oybek no-midagi respublika tarix muzeyidan joy olgan bo’lsa, «Olimpiada-80»ga bag’ishlab ishlagan sakkiz qirrali stoli Moskva shahriga yuborildi. Usta bo’lib to’liq shakllangan va endilikda ko’plab shogirdlarga bosh bo’lgan Askarbek Akparov o’sha kezlarda Sank-Peterburg, Kirov va Namangan shaxarlarida shaxsiy ko’rgazmalar tashkil qilgan. Moskva, Sank-Peterburg, Erevan, Olma-Ota, Kastroma, Tambov, Tula kabi sobiq ittifoqning xozirgi Rossiya, Armaniston, Qozog’iston kabi davlatlarining shaharlarida xalqaro ko’rgazmalarda ham qatnashib, san`at shaydolariga o’zbek milliy amaliy san`ati jozibasini namoyish qildi. Badiiy buyumlar. Shuningdek, uning asarlari Shvetsariya, Mongoliya, Olmoniya, Hindiston, Makedoniya, Misr Arab Respublikasi kabi mamlakatlarda ham ko’rgazmalarda ishtirok etgan. O’zbek milliy san`atini, xususan Namangan amaliy san`at maktabini dunyoga tanitish baxtiga muyassar bo’ldi. O’zbekiston istiqlolga erishgach davlat tomonidan tasviriy san`at, xalq amaliy san`ati ijodkor ustalarining qadimiy va navqiron an`analariga munosib ravishda ijod qilishlari, ularning asarlari ham xalqaro miqyoslarida obro’-e`tibor qozonishi, avvalgi hurmat e`tiborni topishi, boy berila boshlangan yuksakliklarni qayta egallashlari uchun xayrli tadbirlar o’tkazila boshlandi. Muhim, tarixiy qarorlar qabul qilindi va prezident farmonlari chiqdi. Xontaxtalar. Yurtboshimizning 1997 yillning 23 yanvaridagi maxsus qarori bilan ish boshlagan O’zbekiston Badiiy Akademiyasi va uni qoshidagi maxsus jamg’armaning tashkil etishni, hunarmandlar uyushmasining faoliyat ko’rsatishi ham ana shunday xayrli ishlar sirasiga kiradi. O’z navbatida ana shu tashkilotning Namangan viloyat bo’limi ham ochildi, Badiiy akademiyaning viloyat ijodkorlar uyushmasi va maxsus jamg’armaning viloyat bo’limlari ham o’z faoliyatini boshladi. 1999 yildan sermaxsul ijodkor, fidoiy inson, jonkuyar tashkilotchi bo’lgan Asqarbek Akparov O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Namangan viloyat badiiy ijodkorlar uyushmasi boshqaruv raisi etib saylandi. Ustaning mustaqillik yillari mobaynida yaratgan asarlari, uning ijodi o’zining eng gullagan davrini boshdan kechirayotganidan dalolat beradi. Bu davrdagi asarlari yuksak badiiylik, oliy takomil namunalari bo’ldi. Bu paytga kelib usta Namangan shaxar «Orzu» mexmonxonasining restoranini, «Muxandis» restoranini, shaxar xokimligining majlislar zalini, masjidu-madrasalarni o’zining durdona asarlari bilan bezadi. Namanganga kelib ko’rgan xorijliklar taklifi bilan usta xorijiy ellarda xam milliy san’atimiz durdonalarini namoyish etdi. Jumladan, Boshqirdiston va Tataristonda xam bir necha ma’muriy binolarni, madrasalarni ziynatladi. Rossiya musulmonlari boshqarmasining Ufa shaxridagi idorasi, Nijnekamsk shaxridagi «Bulg’or tarixi, madaniyati va san’ati markazi», Mamadish shaxridagi «Milliy an’analar uyi», Qozon yaqinidagi Atna shaxarchasi masjidi va boshqa ko’rkam imoratlarga ishlagan naqsh va ganch na’munalari namanganlik naqqoshni u erlarda ham juda mashxur qilib yubordi. Bu o’rinda Atna shaxar masjidini kelib ko’rgan Tatariston prezidenti Mintemir Shaymievning ushbu e’tirofi usta ijodiga berilgan xolis baxo deyishimiz mumkin: Sakkiz qirrali stol va chinni buyumlari. «O’zbeklar milliy san`atlarining eng yorqin namoyondalaridan biri bo’lmish Asqarbek afandi bilan har qancha faxrlansalar arziydi. Shunday san`atkorni tarbiyalab, kamolga etkazganlari uchun ularga mingdan ming rahmat». Ha istiqlol ko’plab xalq hunarmandlari, milliy san`atimizning fidoyi ustalari qatori Asqarbek Akparov ijodida ham tub burilish yasadi. Milliy qadriyatlarimizning yaqin o’tmishda unitilib ketayotgan noyob qirralari, shu jumladan naqqoshlik, ganchkorlik kabi xalq amaliy san`ati ham qadrini topdi, usta va ustazodalarning istiqboli nurafshon bo’ldi. Asqarbek Akparov istiqlolning to’qqiz yillik arafasida fidokorona mexnati, milliy san`atimizga qo’shgan ulkan hissasi uchun «O’zbekiston xalq ustasi» yuksak unvoniga sazovvor bo’ldi. Usta xalq amaliy san`atini dunyoga tanitishda munosib hissa qo’shdi, uning asarlari xalq mulkiga, insoniyat xazinasiga aylandi. Ustaning ijodiga nazar solar ekanmiz, uning muvaffaqiyatlaridan biri yog’och va ganch o’ymakorligi ishlarini o’zaro uyg’unlikda bajaroolishidir. Masalan, bino devoriga ganch bilan sayqal berilsa, shiftiga yog’och o’makorligi, naqqoshlik san`ati qo’llaniladi. Mutannosiblikka erishish uchun ganch bilan yog’och naqshining tutashganyoki bir-birga yaqin qismi rang va uslub jihatidan moslashtiriladi. Ayrim hollarda oynavad ganch naqshidan ham foydalanadi. Oyna xonaga fazoviy kenglik bag’ishlashi bilan birga sathiga ishlangan naqshlar jozibasini oshiradi. Chust shahar. Madaniyat saroyi. N aqqosh ijodidagi o’ziga xoslik shundan iboratki, naqsh bitiluvchi yuza yaxlit olinib, shakllar yirik va kichraytirilgan ko’rinishlarda solinadi, o’yiladi. Bu naqqoshlikda ona va bola bandlar deb yuritiladi. O’zaro uyg’un, mutanosib ranglar bilan sayqal beriluvchi bu bezaklar yaqindan ham uzoqdan ham o’ziga xos tovlanish bilan ko’zga tashlanadi. A.Akparov bino shiftlariga ishlagan naqshlar ayni paytdi ko’pburchakli Naqsh va ganch o’ymakorligi na`munasi. Namangan shahar. Muzey binosi. geometrik shakllar, chirihlar hosilasi sifatida gavdalanadi. Markaziy shakl atrofida biroz bo’shlik qoldiriladi. Bo’shliq markaziy va chekka naqshlarni yaxlit ko’rinishiga imkon yaratadi. Usta ishlagan naqshlar asosan ikki xil rang gammasida tovlanadi. Birinchisi – ko’k, oq, sariq ranglar bilan hosil qilingan yoqimli yashil rang bo’lsa, ikkinchisi – qizil, sariq, pushti buyoqlar birikuvidan yaratilgan och jigarrang. Naqshlarda Farg’ona vodiysi, Toshkent va O’ratepa naqqoshlik maktablari an`analarining uyg’unlashib ketishi ko’zga tashlanadi. Usta bu holni yuqoridagi naqqoshlik maktablari namoyondalarining ijodlarini qunt bilan o’rgangani, ularning ishlariga mexri beqiyos ekanligi bilan izohlar ekan, biz ustaning bu izlanishlari Namangan naqqoshlik maktabi yaratish yo’lidagi harakatlari deb yo’laymiz. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling