1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
-mavzu. Dorixonada tovarlarni hisobga olish. Farmatsevtika maxsulotlarini sarfi.hisob ta’rifi va uning mohiyati
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob vazifasi.
- Taqsimlovchi vazifa
- Hisob o ‘lchovlari
- Hisob turlari
10-mavzu. Dorixonada tovarlarni hisobga olish. Farmatsevtika maxsulotlarini sarfi.hisob ta’rifi va uning mohiyati
Dorixona muassasalarida hisobga olish xo‘jalik faoliyatinatijalarini, rentabelligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslarning maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishini kuzatish maqsadida olib boriladi. Shu bilan birga, dorixona muassasalari hisobining muhim vazifasi aholining dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash hamda sifatli dorita’minotini tashkil etishdir. Hisob vazifasi. Narxning muhim vazifasi — mehnat xarajatlari va natijalarini o‘lchashdir. Tovar narxi inson va moddiylashgan mehnat, materiallar va xomashyolarga xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Mehnat unumdorligi va samaradorligi darajasini ko‘rsatadi, pirovardida ishlab chiqarish xarajatlari, tovar muomalasi va foydani belgilaydi. Binobarin, ushbu vazifaning mohiyati narx, ijtimoiy-zaruriy xarajatlar va ishlab chiqarish natijalarining hisobirolini bajarishidir.
ag‘batlantiruvchi vazifa. Iqtisodiy rag‘batlantirish vazifasi tovar sifatini hisobga olish, uning yaxshilanishini rag‘batlantirish va assortimentini yaxshilashdan iborat. Tartibga soluvchi vazifa. Bozor narxi ishlab chiqaruvchi belgilagan narxdan farq qilishi mumkin, chunki u sotuvdan katta savdo puli olishga, iste’molchi esa ushbu tovarni sotib olishga o‘zining xarajatlarini minimallashtirishga intiladi. Shuning uchun tartibga soluvchi vazifa talab va taklifni balanslovchi muvozanatlashgan narx belgilashdan iborat. Taqsimlovchi vazifa. Ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun narxmng tovar qiymatidan siljishi asosida foydaniqayta taqsimlash vazifasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu soliq solish tizimi va ba’zi boshqa tadbirlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, dori vositalarining ko‘plariga qo‘shilgan qiymatiga solig‘i belgilanmagan; hayotiy zarur bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda hisobidan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozga ega. Dori vositalari o‘ziga xos turdagi tovarlarga kirganligi sababli, ularning narxlarini belgilashda ushbu o‘ziga xoslikni e’tiborga olish lozim. Shu bilan birga, dori vositalariga har qanday tovarning asosiy xususiyatlari xosdir. Hisob o ‘lchovlari. Hisobga olish jarayonida obyektlarni miq- doriy aks ettirish maqsadida natural, pul va mehnat hisob o‘lchov birliklari qo‘llaniladi. O‘rganilayotgan hisob obyektlarining og‘irligi, hajmi, uzun ligi va miqdoriyjihatdan o‘lchash hamda aks ettirish maqsadida qo‘llaniladigan natural hisob birliklari sodda (kilogramm, gramm litr, metr va boshq.) va murakkab (kilovatt soat, kilometr soat va boshq.) bo‘ladi. Natural hisob o‘lchov birliklarida olib boriladigan hisobni miqdoriy hisob deyiladi. Pul o‘lchov birliklari universal va umumlashtiruvchi bo‘lib, so‘mlarda aks ettiriladi. Bu o‘lchov birliklari yordamida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va rejalashtirish, tovar tannarxini aniqlash, o‘zaro hisoblashish jarayoni hamda narx belgilash amalga oshiriladi. Mehnat o‘lchov birliklari mehnat xarajatlarini ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlariga ketgan ish vaqtini aks ettirish hamda hisobga olishda qo‘llanilib, ish kunlari, smena, soat vadaqiqalarda aks ettiriladi. Mehnat o‘lchov birliklari faqat mehnat va ish vaqtini ko‘rsatsa, natural hamda pul o‘lchov birliklari bilan birgalikda mehnat samaradorligi va sifatini aks ettiradi. Hisob turlari Hisobga olishning yagona markazlashgan tizimi hisobning uch turiga asoslanadi: operativ-texnik, statistik va buxgalteriya hisobi. Operativ-texnik hisobi xo‘jalikjarayonlarini nazorat qilish va boshqarish maqsadida ish joylaridagi alohida jarayonlarni kuza- tish, o‘lchash hamda qayd etish uchun qo‘llaniladi. Hisobning bu turidan ish vaqtini, jihozlarning ishlatilish darajasi kabi ma’lumotlar olishda ishlatiladi.
Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling