1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Ta ’mirlash-qurilish materiallari hisobi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yonilg‘i xarajati hisobi
Ta ’mirlash-qurilish materiallari hisobi
Kapital va joriy ta’mirlash ishlarini o‘tkazadigan dorixonalar ta’mirlash-qurilish materiallari harakati hisobini olib boradilar. Dorixonaga ular schot asosida tushadi. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazadigan shaxslarning talabnomalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan chiqimlardan oshmagan ta’mirlash-qurilish materiallarining miqdori beriladi. Dorixona mudiri amaldagi ish hajmi bo‘yichaqurilish materiallarini berish uchun yukxati to‘ldiradi. Yukxatida materiallarni bergan va olgan shaxslarning imzolari bo‘ladi. Berilgan yukxati asosida schot tuziladi, u esa pul to‘lashda ko‘rsatiladi, foydalanilgan materiallar esa moddiyjavobgar shaxs bilan birga chiqimda hisobdan chiqariladi. Sozlash ishlari uch usulda olib boriladi: xo‘jalik, pudrat va aralash. Ta’mirlashning xo‘jalik usulida foydalanilgan qurilish materiallarini hisobdan chiqarish ikki nusxada dalolatnomada qayd etiladi. Dalolatnoma hay’ati tuziladi, hay’at esa, dorixona mudiri, ta’mirlash ishlari olib borayotgan shaxs, hisob nazorat guruhining xodimi va jamoaning vakilidan iborat bo‘ladi. Dalolatnoma bajarilganish hajmi va materiallar turlari bo‘yicha tuziladi. Dalolatnomaniug birinchi nusxasi tovar hisobotiga ilova qilinib, markazlashgan buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi esa, dorixonada qoladi. Joriy kapital ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlar qabul qilish dalolatnomasida qayd etiladi, unda esa, ta’mirlash qaydnomalariga muvofiq ravishda rejalashtiriigan chiqimlar qiymatining, olib borilgan ishlaming hajmiga mos kelishi aks ettiriladi. Joriy ta’mirlash ishlari dorixona muomala xarajati hisobiga, kapital ta’mirlash esa, moliyaviy rejada ko‘rsatilgan vositalar hisobiga olib boriladi. Yonilg‘i xarajati hisobi Dorixonada yonilg‘i xarajati texnik me’yorlar bo‘yicha tekshi- riladi, bu me’yorlar esa, iqlimiy zonalarni hisobga olib, rejali tartibda belgilangan. Bunda pechka, plita, qayta haydash kubi, avtoklav va boshqalar hisobga olinadi. Yonilg‘i qiymatini hisobdan chiqarishning asosi bo‘lib, ikki nusxadagi rasmiylashtiriladigan dalolatnoma xizmat qiladi. Dalolatnomada yonilg‘ini qaysi davrda hisobdan chiqarish, uning turlari, miqdori, narxi, summasi ko‘rsatiladi, chiqim turlari sanaladi, chiqim turlariga quyidagilar kiradi: distillan- gan suv olish, kommunal sharoit yaratib, isitish va h.k. Dalolatnoma hay^at tomonidan tuziladi, hay’atni dorixona mudiri saylaydi. Suvni qayta haydash kublarini isitishga xarajat bo‘lgan yoqilg‘i qiymatini distillangan suv hajmiga qarab chiqishida nazorat qilinadi. Dorixonani isitishga xarajat bo‘lgan yoqilg‘i agar bepul kommunal sharoitlar yaratish ko‘zda tutilsagina, ya’ni qishloq sharoitida dorixona hisobidan chiqariladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling