1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Dorixonada narx siyosatining shakllanishi


Download 497.44 Kb.
bet45/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Dorixonada narx siyosatining shakllanishi
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va korxonalarning xo‘jalik musta- qilligining kengayishi narx belgilash tizimini,jumladan, dori vositalariga ham narx belgilash tizimini keskin isloh qilish zaruratini yuzaga chiqardi. Farmatsevtika bozorining shakllanishi va vujudga kelishi sharoitida ko‘pgina dori vositalari, farmatsiyatovarlari, dorixona assortimentining boshqa tovarlarining narxlari
erkinlashgan bo‘lib, ular talab, taklif, qiymat kabi obyektiv iqtisodiy qonunlarning ta’sirini hisobga oladi.
Dorixonalar iqtisodiyoti asoslari haqida tushuncha.
Iqtisodiyot. Bozor sharoitida farmatsevtika iqtisodiyoti
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish, har bir tashkilot va korxonalar, shu jumladan, dorixonalarda ham xo‘jalik faoliyatini olib borish texnologiyasiga katta ta’sir etadi. Aniq bir korxonaning faoliyat xususiyatlarini va bozorning iqtisodiy qonuniyatlarini bilmoq yaxshi natijalarga erishishning zarur talabidir.
Iqtisodiyot (yunoncha oikonomike)
uy xo‘jaligini yuritish san’ati ma’nosini anglatib, bu ishlab chiqarish munosabat- larining yig‘indisi, jamiyatning iqtisodiy tuzumidir. Iqtisodiyot — xalq xo‘jaligi sohalarining yig‘indisi bo‘lib, hayotiy zarur bo‘lgan ezguliklar va xizmatlarni ta’minlab beradigan insonlarning asosiy faoliyat maydonidir. Sog‘liqni saqlash va dorixona xizmati — mamlakatimiz iqtisodiyotining bir qismidir.
Ehtiyojlarga ega bo‘lish insonlarga xosdir. Biz hammamiz hayotimizning muayyan darajasi mazmuni bo‘lgan turar joy, kiyim-kechak, yegulik va boshqa xizmatlami qondirishga harakat qilamiz. O‘z navbatida, biz tabiiy va moddiy boyliklarga egamiz. Ushbu tabiiy va moddiy resurslar (ishchi kuchi, boshqarish xusu- siyatlari, mashinalar, yer, mineral boyliklar) ehtiyojlarimizni qondira oladigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar uchun ishlatiladi.
Ehtiyojlarimiz cheksiz, ammo resurslar cheklangan, shuning uchun bu muammoning to‘liq yechimi yo‘q va mutlaqo moddiy tarafdan to‘yinganlikni amalga oshirib bo‘lmaydi. «Iqtisodiyot» fanining izlanish sohasidagi muammolaridan biri — cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish maqsadida ularni boshqarishdir.
Farmatsevtika iqtisodiyoti —jamoaning salomatligini saqlash uchun dori vositalari, tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tarqatish va xizmatlarni ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar yig‘indisidir.
Farmatsevtika iqtisodiyotining izlanishlar sohasi dorixona assortimentida aholi va davolash-profilaktika muassasalari ehtiyojiniyuqori darajada qondirish maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlarning cheklangan resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolaridir.
Iqtisodiy rivojlanishning evolutsiyasi shuni ko‘rsatadiki, inson- ning cheksiz ehtiyojlarini qondira olish uchun noyob iqtisodiy resurslarni qo‘llash muammolarini eng samarali yechimi bu xo‘jalikni bozor sharoitida tashkil qilishdir.
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishda bozor iqtisodiyoti qonun- laridan foydalaniladi:


  1. Qiymat qonuni, narx belgilash qonuni.

Tovar narxini bozor belgilaydi, narx erkin holatda bo‘ladi. Paxtaga, donga,junga, sutga, go‘shtga, kartoshkaga, meva va sabzavotlarga narxni — davlatga sotiladigan narxni davlatning o‘zi belgilaydi. Bu tovarlarni yetishtirishga ketgan mehnat to‘la nazarga olinmadi. Bu tovarlar davlatga suvtekinga sotiladi, ayniqsa, paxta, pilla.




  1. Raqobat qonuni.

Korxonalar, firma, konsern, korporatsiyalar o‘rtasida raqo- bat bo‘lishi kerak: bozor uchun, narx sohasida, ishchi kuchi va h.k.


Misol. AQSH va Yaponiya avtomobil ishlab chiqarishda; Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasida video, teleapparatura ishlab chiqarishda; GFR, Angliya, Italiya, Polsha, Vengriya, Fransiya dori-darmon ishlab chiqarishda raqobatlashadilar.



  1. Download 497.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling