1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Davlat mulkchiligi — O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilmaning budjet yoki boshqa mablag‘lari hisobiga hosil qilinadi.
Aralash mulkchilik — mutkdorlaming moddiy va pul mablag‘- larini birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Chet el fuqarolari, tashkilotlar va davlatlarning mulkchiligi. Ta’sislangan korxonani butunlay sotib olish yoki hissaviy ishtirok etish (paylar, aksiyalar) yoki shunday korxonaga egalik qilish tufayli yuzaga keladi. Tashkilot tashkiliy-huquqiy shakllari O‘zbekiston Respublikasining «Tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunida keltirilgan. ShuQonunda korxonalarning hamma mulk shakllarini umumiy,huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkil qilish, qayta tiklash va faoliyatni to‘xtatish asoslari belgilab berilgan. Tashkilotlar turi: jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan; shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan; mulkchilikning aralash turi — davlatlararo, birlashgan va boshqa to‘liq yoki hissaviy ishtirok etishda har xil mulkchilikningshakllariga asoslangan; davlat mulkiga asoslangan — davlat va respublika korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat korxonasi, viloyatlararo, tuman- lararo, tuman, shahar va boshqa korxona turlariga asoslangan. Yuqorida keltirilgan tashkiliy-huquqiy maqom turlarining barchasi tashkilotlarning sifat ko‘rsatkichlari kabi respublika- mizning dorixona xizmatida ham muhim o‘rin tutadi. Keyingiyillarda respublikamizda xususiy mulkchilikni rivojlantirishga, mamlakatimizdagi o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlar va bozorsharoitidagi o‘zgarishlarga katta ahamiyat berilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish hamda tovarlarni markazlashgan holda yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish borasida chetel lirmalari oqimi ko‘paydi. Raqobatni olib borish yo‘li va usullari Bozor tizimida ishtirok etadigan tashkilotlar, raqobatga ham chidamli bo‘lishi kerak. Raqobat — bozor iqtisodiyotining zarur omilidir. O‘zbekiston Respublikasining «Tovar birjalarida raqobat va monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan, barcha tashkilotlar qonuniy raqobatdan himoyalanadi. Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning asosiy g‘oyalaridan biri — mayda korxonalarning o‘sib borishidir. Ularni kichik va o‘rta biznes korxonalari deb nomlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik va o‘rta biznesdagi xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish choralari haqida»gi Farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesning subyektlari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan o‘rtacha yillik xodimlar soni 10 ta, savdo, xizmatlar va boshqa ishlab chiqarilmaydigan sohalarda esa 5 tagacha xodimlar soni bo‘lgan mulk shaklidan qat’i nazar, mikrofirmalar; sanoat sohasida band bo‘lgan o‘rtacha yillik xodimlar soni 40 tagacha, qurilishda, qishloq xo‘jaligida va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 tagacha, fanda, fanga xizmat qiluvchi, chakana savdoda va boshqa ishlab chiqarilmaydigan sohalardagi tarmoqlarda xodimlar soni 10 tagacha bo‘lgan, mulk shaklidan qat’i nazar, kichik korxonalar; kichik korxonalarga o‘rtacha yillik xodimlarning belgilangan sonidan yuqori bo‘lgan, lekin sanoat sohasida 100 ta kishidan ortiq bo‘lmagan, qurilishda 50 ta kishi, qishloq xo‘jaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida, ulgurji savdoda 30 ta kishi, chakana savdoda, xizmatlar va boshqa ishlab chiqarilmaydigan sohalardagi tarmoqlarda esa 20 kishidan ortiq bo‘lmaydigan o‘rta korxonalar. Ko‘pgina dorixonalarni aholiga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra, kichik biznesga kiritish mumkin. Ulardagi savdo hajmi, xodimlari soni uncha katta emas. Biznes — bu daromad keltiradigan ish, faoliyat turi. Farmatsevtik biznes eng ko‘p daromad keltiradigan va obro‘li faoliyat turlaridan biridir. Kichik biznes korxonalari faoliyatining xususiyatlari Kichik biznes korxonalarining asosiy faoliyat xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Kichik o‘lchamlar (xodimlar soni va savdo hajmi). Kichik ustav kapitali. Faoliyatning mahalliy mintaqasi. Mustaqil menejment. Bu xususiyat kichik tashkilotlarning ma’muriy apparati yo‘qligi bilan bog‘liq. Rahbar o‘z faoliyatida boshqarish, bugalteriya, huquqiy muammolarini o‘zi hal etishi kerak. Kichik biznes korxonalari (shu bilan birga, dorixonalar ham) bir qator afzalliklarga ega: Aniq savdo bozori: uning ko‘rsatkichlari (biriktirilgan aholi va davolash-profilaktika muassasalari soni) va joylashuvi aniq. Shaxsiy munosabat: rahbarning xodimlar bilan hamda xodimlar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabat. Yangi g‘oyalarga boyligi va yangi tovar ishlab chiqarish uchun tez o‘tish qobiliyati (masalan, dorixonada fitobarlarni tashkil qilish), mijozlarga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida ish uslubini o‘zgartirish. Soliq solish masalalarini hal etishda zarur bo‘lgan asosiy axborotni saqlovchi hisobot shakli va berish tartiblarini oson- lashtirish. Kichik biznes korxonalarining laoliyatlarijarayonida ma’lum kamchiliklarni hisobga olish zarur. Katta korxonalar bilan solishtirganda resurslarga ko‘ra tengsiz imkoniyatlar (ayniqsa, moliyaviy). Katta ustav kapitaliga ega bo‘lgan yirik korxonalar bilan banklar kredit berish masalalarini tezkor hal etishadi. Binolarni tutish, ishlatish va muhofaza qilishda ketgan xarajatlarning darajasi yuqori bo‘ladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling