1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet49/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Tashkilotni boshqarishda rejalashtirishning ahamiyati
Ko‘p hollarda korxonalar rivojining asl sababi — firmaning istiqbolini aniqlash, ya’ni sifatli reja tuzishdir.
Rejalashtirish — korxona yuksalish dasturining shakllanish jarayoni hamda maqsadlarga erishish usulidir.
Samarali reja tuzish uchun asosiy shartlarga rioya qilish kerak:
  • qayishqoqlik va adaptivlik, ya’ni korxonaning tashqi muhiti o‘zgarishi bilan, rejada ham darhol o‘zgartirish kiritiladi;


  • rejani, kelgusida shu reja asosida ish olib boradigan shaxslar tuzishi kerak;


  • rejalashtirishning omilkorlik darajasi, korxonaning resurs- larini ishlatishga nisbatan kompetensiya darajasi bilan to‘g‘ri kelishi kerak.


Rejalashtirish strategik va joriy (taktik) rejalashtirishga bo‘linadi. Strategik rejalashtirish — korxonaning maqsad va potensial imkoniyatlarini mos ravishdajoriy etish va qo‘llashni bosh- qaruv jarayonidir. Strategik reja 5 yoki undan ko‘p yilga tuziladi va bir necha bosqichga bo‘linishi mumkin.




  1. bosqich. Korxonaning dasturini ishlab chiqish — bu tash- kilotning iqtisodiy siyosati, faoliyatning yagona yo‘nalishidir. Korxonaning dasturi xaridorlarni aniq ehtiyojlar va talablarini qondirishga, bozorni kengaytirishga, ishlab chiqarishni takomil- lashtirishga, savdoni kuchaytirishga asoslangan.


  2. bosqich. Dasturni yo‘lga qo‘yish uchun maqsad va vazifalar aniq sonlar bilan ifodalanadi. Maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi atamalar ishlatiladi: savdo hajmi, rentabellik, yalpi daromad, xarajatlar, tovarlar g‘amlamalari, bozorda qatnashish ulushi va boshqalar.


  3. bosqich. Strategik rejani amalga oshirishda korxonaning faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi muhitning bir qancha omillari, xususan, hukumat siyosati, tashkilot tegishli bo‘lgan tarmoqning ahvoli, mamlakatimizdagi iqtisodiy holat va boshqalarni hisobga olish kerak.


  4. bosqich. Korxonaning moliya-xo‘jalik holatini tahlil qilish. Bunda korxonaning kuchli va bo‘sh tomonlarini, mablag‘larniqayta taqsimlash imkoniyati va investitsiyalar zarurligini, savdo- sotiq va marketing, mehnat resurslari, tashkilotning mablag‘lari,izlanishlar va ishlab chiqarilgan tovarlarni hisobga olish kerak.


  5. bosqich. Bu bosqichda korxonaning strategiyasi aniq shaklni egallaydi. Ishlab chiqarishning aniq imkoniyatlari va bozorning chegaralari aniqlanadi.

Korxonaning strategiyasi «Biznes-reja» ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Strategik rejani amalga oshirishda asosiy instrumenti joriy rejalardir. Agar strategik rejada korxonaning bir necha yilga tuzilgan umumiy iqtisodiy siyosati ko‘rsatilsa, joriy rejalar esa qisqa vaqtdagi aniq vazifalarni hal etishga asoslangan (yil, chorak, oy).


Dorixona faoliyatining asosiy iqtisodiy ko ‘rsatkichlari
Dorixona faoliyatini ta’riflovchi asosiy iqtisodiy ko‘rsat- kichlarga: savdo hajmi, yalpi daromad, sof foyda, muomala xarajatlari, mehnat va ish haqi, tovar g‘amlamalari kiradi. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.
Dorixona iqtisodiy faoliyatining o‘ziga xos qator xususiyatlari mavjud:
  • farmatsevtika xizmatlarini diplomli mutaxassislar amalga oshiradi;


  • saqlash sharoiti va sifatiga yuqori talablar qo‘yilgan maxsus tovarlar savdosi amalga oshiriladi, ko‘pgina dori vositalari muayyan saqlash sharoitlarini talab qiladi, yarmidan ko‘pining saqlash muddati cheklangan;


  • zarur assortimentning mavjudligini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning yuqoriligi;


  • dori vositalarining aksariyati shifokor retsepti asosida be- riladi;


  • yakka tartibda dori vositalarini tayyorlash esa dorixonaga ko‘pincha qo‘shimcha xarajatlar keltiradi;


  • savdo va ishlab chiqarish xonalariningjihozlariga yuqori darajada talablar qo‘llaniladi.


Har qanday ko‘rsatkichning rejalashtirilishi quyidagi bosqich- lardan o‘tadi:


  1. Lzlanishning ma’lum vaqti mobaynida (bir oylik, chorak, avvalgi 3—5 yillik ma’lumotlari bo‘lishi mumkin) iqtisodiy ko‘r- satkichning erishilgan darajadagi ma’lumotlarmi yig‘ish va baholash.


  2. Joriy davrda kutilayotgan ko‘rsatkichning hisobi.


  3. Lstiqboli aniqlanayotgan davrda ko‘rsatkichning o‘zgarish ehtimolining tahlili, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash.


  4. Ko‘rsatkich kattaligiga ta’sir etuvchi dorixona faoliyatining xususiyatlarini o‘rganish.


  5. Ko‘rsatkichning tahlilida va istiqbolni hisoblashda qo‘llanila- digan uslubiy yondashishni asoslash.





Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling