1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
1. Friksion ishsizlik. Bunda xodimlarning o‘z xohishlari bilan bir ishdan bo‘shab, boshqa ishga o‘tish davrida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish topa olmasliklari oqibatida paydo bo‘ladi. Masalan, provizor-tahlilchi shtati dorixonada juda ham kam. Dori tayyorlovchi dorixonalarning aksariyati tayyor dori sotuvchi dorixonalarga aylanib ketdi.
Mavsumiy ish ham shu friksion ishsizlikka kiradi. Masalan, xalq xo‘jaligida mavsumiy ishlarga uzum uzish, bodom, yong‘oq, do‘lana terish kiradi. Shunday ishlarda band bo‘lgan ishchilar yana shunga o‘xshash ish topgunlarigacha ishsiz yurishga maj- burdirlar. Strukturali yoki majburiy ishsizlik, bunda korxona, muas- sasalarda qayta qurish, tarkibiy o‘zgarish, xodimlar shtatini qisqartirish natijasida kelib chiqadi. Korxona shtati qisqarishi natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlar yangi ishjoyi topgunlariga qadar ishsiz yurishga majburlar. Siklik ishsizlik. Ishsizlikning bu turi iqtisodiy sikllarining pasayish fazasi bilan ishlab chiqarishning pasayib ketishi, Tovar ishlab chiqarishning keskin pasayishi, iqtisodiy tanazzul bilan bog‘liqdir. Friksion va strukturali ishsizlik ishchi kuchining 5—6 % ini tashkil qiladi. Ishchi kuchi deganda nima tushuniladi? Ishchi kuchini topish uchun aholi umumiy sonidan quyidagilar chiqarib tashlandi: 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar; qamoqxonalar, ruhiy kasalxonalarda yotgan bemorlar; uy bekalari, nafaqa oluvchilar; ishsizlar soni. Aholining umumiy sonidan shularni olib tashlansa, ishchi kuchi kelib chiqadi. Odatda, ishchi kuchi aholining 49—50 % ini tashkil qiladi. Inflatsiya — pulning qadrsizlanishi, pul massasi ko‘payib ketishi, tovarlar narxi oshib ketishi, xalq xo‘jaligidagi har xil xizmat turlariga xizmat haqlarining oshib ketishi hisoblanadi.Inflatsiya bo‘ladi: normal — yiliga 3—3,5 %; o‘rta — yiliga 10 %; o‘zgaruvchan — yiliga 20 % dan yuqori. Inflatsiyadan ko‘proq davlat korxonalarida, ayniqsa, budjet korxonalarida ishlaydigan xodimlar, banklarga jamg‘arma qo‘ygan aholi, depozitchilar zarar ko‘rishadi. Mikroiqtisodiyot subyektlari ta ’rifi Mikroiqtisodiyot subyektlari sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan ta’riflanadi. Asosiy sifat ko‘rsatkichlari quyidagilar: faoliyat- ning turi va mazmuni, mulkchilikning shakli, korxonaningtashkiliy-huquqiy maqomi, raqobatni olib borish usullari. Korxona laoliyatining tavsifi va mazmuni uning faoliyat ko‘rsa- tuvchi tarmog‘i bo‘yicha aniqlanadi. Chunki, dorixona faoliyat tavsifiga ko‘ra, poliklinika, kasalxonalar, shifoxona va boshqalar qatoriga ko‘ra, sog‘liqni saqlash muassasalariga qarashlidir. Fao- liyatning mazmuniga ko‘ra esa chakana savdo tarmog‘i hisoblanib, farmatsevtika yordami ko‘rsatishga, shuningdek, dori vositalari vatibbiyot buyumlarini sotish uchun mo‘ljallangan chakana korxonadir. Mulkchilik shakli O‘zbekiston Respublikasida quyidagi mulk shakllari mavjud: xususiy mulk; shirkat, jamoa mulki; ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan iborat davlat mulki; aralash mulk; boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar yuridik vajismoniy shaxslarning mulki. O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan muhofaza etilishi kafolatlanadi. Xususiy mulk — fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishidan olgan mulki va boshqa daromad- lardan tashkil topadi. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shakllari mulki himoyasi O‘zbekiston Respublikasida tenghuquqlilik va adolatli asosda kafolatlangan. Shirkatjamoa mulki — hosil bo‘lishi va ko‘payib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bilan ta’minlanadi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling