1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


-mavzu. Narx, narxlarning vazifalari, narxlarga ta’sir etuvchi omillar


Download 497.44 Kb.
bet44/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

11-mavzu. Narx, narxlarning vazifalari, narxlarga ta’sir etuvchi omillar

Narx — muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri bo‘lib, u talab va taklif bilan bir qatorda, bozor qurollaridan biridir. Tovar qiymatining asosi mehnat hisoblanadi, qiymat kattaligi esa ushbu sharoitlarda jamiyat zarur deb tan oladigan mehnat xarajatlari bilan belgilanadi. Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Bozor narxida qiymat qonuni, talab va taklif qonuni kabi iqtisodiy qonunlar talablari e’tiborga olinishi kerak, chunki narxlar ijtimoiy-zaruriy mehnat, materiallar, xomashyo xarajatlariga asoslangan (qiymat qonuni), shuningdek, tovarning iste’mol xususiyatlarini e’tiborga olgan (talab va taklif qonuni).
Narx bozorni boshqarish quroli sifatida bir qator vazifalarni bajaradi:
  • hisob;

  • rag‘batlantiruvchi;

  • tartibga soluvchi;


  • taqsimlovchi.


Dori vositalarining narxi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Ularni uch guruhga birlashtirish mumkin: talab, taklif va muhit omillari.


Narx belgilash strategiyasi
Narx belgilash strategiyasini yaratish va tatbiq etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
  • narx belgilash maqsadini qo‘yish;


  • narx siyosatini yaratish;


  • narx strategiyasini tanlash va tatbiq etish;


  • narxlarni to‘g‘rilash mexanizmini yaratish.




Narx turlari
  1. Tannarx — tovar xomashyosi va korxona xarajatlari.


  2. Ulgurji narx — tannarx qiymati va korxona sof foyda ko‘rsatkichi yig‘indisidir. Bunda ta’minot ustamasi ham bo‘ladi — bu ta’minot savdosi.


  3. Chakana narx — bu o‘z ichiga savdo ustamasini oladi.


  4. Kelishilgan narx — tomonlar kelishuvidan hosil bo‘ladi.


  5. Chegaralangan narx — belgilangan, qat’iy — bu o‘zgarmaydi. Hayotiy zarur dorilarga qo‘yiladi.


  6. Erkin narx — bozor belgilaydi.


  7. Monopol narx — bunda bozorni egallab olgan kompaniya, konsern, firmalar xohlagan narx qo‘yadi.


  8. Transfert narx — chet el firmalari savdosida qo‘llanadi. Bunda bozor infrastruktura va reklama xarajatlari hisobga olinadi.


  9. Eksport narx — chet elga sotganda qo‘llaniladi. U quyida- gilarni o‘z ichiga oladi:


  1. bojxona boji;


  2. tovarni sotish narxi;


  1. aksiz solig‘i;


  2. QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i);


  3. tovarni sertifikatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar.





Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling