1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Talab qonuni.
Taklif qonuni. Bozor iqtisodiyoti qonunlarining hayotiy bo‘lishi uchun budjet to‘g‘ri tashkil qilinishi, soliq tizimi, kredit, bank tizimi yaxshi ishlashi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan dorixona xo‘jalik hisobi negizlariga amal qilishi lozim. Xo‘jalik hisobining birinchi, eng muhim negizi — bu korxonalarning iqtisodiy va xo‘jalik mustaqilligi hisoblanadi. Bunda korxonalar — xususiy, jamoa, aksioner dorixonalar o‘zlarining asosiy vositalariga, aylanma mablag‘lariga ega bo‘ladilar. Xo‘jalik hisobidagi xususiy, jamoa, aksionerlik dorixonalari: Bankda hisob-kitob schoti ochadilar. Korxonalar bilan kontrakt-shartnoma asosida ish yuritadilar. Mol-moddiy boyliklarni mustaqil sotib oladilar va sotadilar. Biznes rejani o‘zlari tuzadilar. Xo‘jalik hisobining ikkinchi negizi — bu xo‘jalik hisobidagi xususiy, jamoa, aksionerlik dorixonalar o‘z xarajatlarini o‘zlari qoplaydilar. Masalan, dorixonalar o‘zlarining savdo, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini savdo natijasida olingan daromad- laridan qoplaydilar. Xo‘jalik hisobining uchinchi negizi — bu dorixonalarning foyda keltirib ishlashligidir, ya’ni dorixonaning olgan daromadi xarajatlarni qoplab, yana ortib ham qolishi kerak. Xo‘jalik hisobidagi dorixonalar rentabel-daromadli ishlashlari lozim. Xo‘jalik hisobining to‘rtinchi negizi — bu korxona xizmatchilarining o‘z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdor bo‘lishligidir, ya’ni yaxshi ishlagan xizmatchilar, o‘z vazifasini vijdonan, to‘g‘ri, halol, o‘z vaqtida, sifatli bajargani uchun moddiy rag‘batlantirilishlari zarur. Buning uchun korxonaning olgan sof foydasidan ma’lum miqdori korxona fondiga ajratiladi. Bunday korxonalarda korxona fondi tashkil etiladi. Korxona fondidan mablag‘ni quyidagilarga sarflash mumkin: ishlab chiqarishni kengaytirishga; xodimlarni mukofotlashga; uy-joy qurilishiga; madaniy-oqartuv inshootlari qurilishiga; sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlarga yo‘llanma sotib olishga; har xil ommaviy bayramlarni o‘tkazishga va h.k. Xo‘jalik hisobining beshinchi negizi — bu korxonalarning o‘zaro moddiy javobgarligidir. Masalan, agarda korxonalar shartnomalarni buzishsa — tovarlarni o‘z vaqtida yetkazishmasa yoki to‘liq bo‘lmagan komplektda mol yetkazilsa, u holda ta’minotchi korxona jarima to‘laydi. Bu esa korxona oladigan sof foydaning kamayishiga olib keladi. Xo‘jalik hisobining oltinchi negizi — bu xo‘jalik hisobidagi korxonalar mol-moddiy boyliklarni, pul mablag‘larini, mehnat resurslarini tejashi, iqtisod qilishi. Makro va mikroiqtisodiyot Iqtisodiyot ikki asosiy tarmoqqa bo‘linadi: makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot — iqtisodiyotni batamom yoki iqtisodiyotni shunday yirik tarkibiy qismlaridan davlat va xususiy sektorlarni o‘rganadi. Bunda iqtisodiyotning umumiy tizimi va tarkibiy qismlar (iqtisodiy turg‘unsizlik, inflatsiya, ishsizlik, talab va taklif, iqtiso- diy rivojlanish sikllari) orasidagi aloqalar batamom o‘rganiladi. Makroiqtisodiyot umumiy bozorlarni (tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va qimmatli qog‘ozlar) tahlil qiladi. Makroiqtisodiyotda quyidagi kattaliklar tahlil qilinadi: yalpi milliy daromad, tovarning umumiy hajmi, daromadning umumiy hajmi, xarajatning umumiy hajmi, mashg‘ullikning umumiy darajasi, narxlarning umumiy darajasi, umumiy talab, ishsizlik, inflatsiya va boshqalar. Mikroiqtisodiyot alohida iqtisodiy subyektlarning faoliyati bilan bog‘liqdir. Ularga iste’molchilar, korxonalar (firmalar),alohida sohalar kiradi. Mikroiqtisodiyotda quyidagi kattaliklar tahlil qilinadi: biror korxona (yoki firma)ning ishchilar soni, tushumi yoki daromadi, ma’lum tovarga bo‘lgan talab va uning narxi. Mikroiqtisodiyot bundan tashqari subyektlarning bir- biriga ta’sir etishini, alohida bozorlarni tashkil qilishni, ularning rivojlanishini, faoliyat ko‘rsatishini ham tekshiradi. Dorixona mikroiqtisodiyotning bir subyekti hisoblanadi. Makroiqtisodiyot muammolari — bu aholi bandligi muam- molari, inflatsiya darajasini aniqlash muammolari, iqtisodiyrivojlanish sikllarining pasayishi, ko‘tarilishi, rivojlanish davr-larini, investitsiyasiga doir qonuniyatlarini o‘rganib va aniq- lashdan iboratdir. Makroiqtisodiyot esa xalq xo‘jaligining ayrim sohalaridagi ishlab chiqarish qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti qonuniyat-larini, talab va taklif qonuniyatlarini o‘rganadi. Dunyodagi iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning 70 % dan ziyodi makroiqtisodiyotchi hisoblanar ekan. Ishsizlik uch xil bo‘ladi: friksion ishsizlik; majburiy ishsizlik; siklik ishsizlik. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling