1-Mavzu: Ozgarmas tok elektr mashinasining tuzilishi va ishlash printsipi Режа


Download 232.57 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi232.57 Kb.
#1004243
1   2   3
Bog'liq
19-маъруза (1)

Tuzilishi va ishlash printsipi. O‘zgarmas tok mashinasi ikki asosiy qismdan, qo‘zg‘almas stanina va aylanuvchi yakordan iborat (1-rasm).


1-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi: 1-sta-nina, 2-yakor, 3-asosiy qutblar, 4-qo‘shimcha qutblar, 5-kollektor, 6-cho‘tka.
Staninaga qutblar mahkamlangan. Qutblarda joylashgan qo‘zg‘atuvchi chulg‘amdan tok o‘tib, mashinada asosiy magnit oqimi hosil qiladi. Bu oqimlar qutblar, yakor va stanina orqali tutashadi. Bosh qutblardan tashqari quvvati 1 kVt dan ortiqroq mashinalarda qo‘shimcha qutblar o‘rnatiladi (2-rasm)

2-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining ko‘ndalang kesimi: 1-yakor o‘zagi, 2-qo‘zg‘atuvchi chulg‘am, 3-o‘q, 4-asosiy qutb, 5-qo‘shimcha qutb, 6-stanina, 7-yakor chulg‘ami o‘tkazgichlari.

Ular kommutatsiya (elektr birikmalarini almashtirib ulash jarayoni) ni yaxshilash uchun xizmat qiladi.


Yakor bilan birga bitta o‘qda kollektor o‘rnatiladi (1-rasm). Kollektor yakorning aylanuvchi chulg‘amini cho‘tka-lar yordamida tashqi tarmoq bilan elektrik ulash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari o‘zgarmas tok generator-larida kollektor mexanik to‘g‘rilagich bo‘lib, yakor chulg‘amining o‘zgaruvchan tokini o‘zgarmas tokka aylantirib beradi.

  1. Ozgarmas tok generatorlari. Elektromagnit induksiya qonuniga muvofiq mexanik energiyani o‘zgarmas tok energiyasiga aylantiradigan mashina o‘zgarmas tok generatori deyiladi.

O‘zgarmas tok kuchlanishi tashqi tarmoqdan faqat generatorning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amiga beriladi (3-rasm).

3-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining ishlash prinsipini tushuntirish sxemasi: 1-qayta ulagich, 2-qo‘zg‘atuvchi chulg‘am.



  1. Yakor cho’lg’amda induksiyalangan elektr yurituvchi kuch. Natijada mashinada qo‘zg‘atuvchi magnit oqim paydo bo‘ladi. Yakor birlamchi dvigatel (turbina, elektr dvigatel, ichki yonish yuritgichi) yordami bilan aylanadi. Bu aylanish natijasida yakor chulg‘amini kesib o‘tadigan magnit oqim o‘zgaradi. Bunda yakorda elektromagnit induksiya qonuni bo‘yicha EYuK hosil bo‘ladi:



(1)
bunda, - magnit oqim tezligining o‘zgarishi; - yakor chulg‘amining o‘ramlar soni.
Yuklama ulanmaganda yakor chulg‘amida tok nolga teng bo‘ladi. Bunda generator salt yurishi rejimida ishlaydi. Yuklama ulanganda esa yakor chulg‘amidan tok o‘ta boshlaydi. Bunda yakor o‘tkazgichlariga Amper qonuni bo‘yicha mexanik kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlar birlamchi dvigatelning momentiga qarama-qarshi elektromagnit moment hosil qiladi. Yuklama toki oshgan sari bu kuch ortib boradi. Yakorni aylantirish uchun mexanik kuchlarni ham orttirish kerak bo‘ladi.
Generator tenglamasi quyidagicha ifodala-niladi:
(2)
bu yerda: - yakor EYuK, - generator qisqichlari orasidagi kuchlanish, - yakor toki, - yakor chulg‘amining qarshiligi, - yakor chulg‘amidagi kuchlanish tushishi. Salt yurishda , shuning uchun
(3)
(1) formulaga ko‘ra generatordagi doimiy kuchlanishni induksiyalash uchun bir xil o‘zgarish kerak. Lekin buning imkoni yo‘q. Shuning uchun generatorda doimiy EYuK ni olish uchun xar xil to‘g‘rilagichlar ishlatiladi. Masalan, bu vazifani mexanik to‘g‘rilagich-kollektor bajaradi. EYuK yo‘nalishi o‘zgarganda yakor chulg‘amlarining uchlarini kollektor avtomatik ravishda qayta ulaydi.
6.
Download 232.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling