1-mavzu: O‘zini o‘zni anglash psixologiyasi Reja


Milliy o‘z-o‘zini anglash milliy o‘ziga xoslikni jamlash omili sifatida


Download 153 Kb.
bet25/52
Sana12.11.2023
Hajmi153 Kb.
#1767578
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Bog'liq
1-mavzu. O‘zini o‘zni anglash psixologiyasi

4.Milliy o‘z-o‘zini anglash milliy o‘ziga xoslikni jamlash omili sifatida
Insoniyat jamiyati taxminan ikki million yillik murakkab tarixga yega bo‘lib, jahondagi har bir halq, millat, tarix deb atalmish vaqt silsilasining muayyan davrlarida shakllanib, o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini bosib utgan. Bu yo‘l shunchalik murakkabki, ba'zan buyuk yuksalishlar, ba'zan inqirozlar bilan bosib o‘tilgan.
Mustaqillik tufayli yurtimizda yuksak ma'naviy fazilatlar, demokratik qadriyatlar mustahkamlanmokda. Yeng muhimi, halqimiz keng ko‘lamli o‘zgarishlar tufayli o‘zligini anglab, mamlakat kelajagiga bo‘lgan ishonchi ortib bormokda. Shaxsda ma'lum bir millatga daxldorlik hissining paydo bo‘lishi unda mas'uliyat hissini shakllantirishga sabab bo‘ladi. Mas'uliyatni his yetish birinchi navbatda davlat va umummilliy manfaatlarni o‘z manfaatlaridan ustun ko‘yish bilan belgilanadi. Milliy iftixor, vatanparvarlik, o‘zlikni anglash tuyg‘ulari davlatga xavf tug‘diradigan har qanday taxdid va tajovo‘zlarni yengishning asosiy manbaidir. Shuning uchun Vatan xavfsizligi va barqarorligini ta'minlashda, uning kuch-qudratini oshirishda inson omiliga ko‘proq ye'tibor qilish, individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish nixoyatda zarur. Bugungi axborot asri, globallashuv davri inson ongi va dunyokarashida sifat jixatdan o‘zgarish ruy berishi, o‘zligini anglab yetishini talab qilmokda.
Har bir inson yoshlikdan o‘z millati, halqining an'analari, til boyligi, og‘zaki hamda yozma adabiyoti, san'ati va musikasi, xullas chukur ma'naviy merosini o‘rganib, bilib, o‘zida mujassamlashtirib boradi. Aks xolda u ma'lum bir halqka mansub yekanligini kursata olmaydi. Shuning uchun ham halq ta'limi tizimining boshlangich davrlaridanok yoshlar ongida milliy axloxiy sifatlarni, orzu-istaklari, iymon-e'tikodlari, dunyokarashlarini milliy asos-lardagina shakllantira bormas yekan, ko‘zlangan maksadga yerishib bo‘lmaydi. Buning uchun, shubxasiz, kelajagimiz bo‘lmish farzandlarimizning, barkamol, axloqli bo‘lib tarbiyala-nishlariga yerishishda fakat milliy ta'lim-tarbiyaga asoslangan ta'lim muassasalariga yega bo‘lishimiz darkor.
Utgan asrning yetmishinchi yillaridagina milliy tuyg‘u, o‘z-o‘zini anglash va uning moxiyati jiddiy o‘rganila boshlandi. Masalan, N.Jan-Dilьdin milliy psixologiya tushunchasini taxlil yetar yekan, milliy tuyg‘u va uning psixologik xususiyatlarini yoritishga urindi. Uning fikricha, milliy tuyg‘u nafakat o‘z halqi, balki boshka millatlar, insoniyat turmush tarzining o‘zga-rishi bilan rivojlanadigan inson ruxiyatining o‘ziga xos kurinishlarining murakkab majmui. Bu o‘zgarishlar halqning takdiri, g‘ururi va iftixoriga bevosita yoki bilvosita ta'sir qiladi, uning tarixdagi o‘rni va boshka millatlar bilan munosabatlarida aks yetadi.
Bizning fikrimizcha, N.Jandilьdin milliy tuyg‘ularning ijtimoiy determinizm, ya'ni, ta-biat, jamiyat xodisalari hamda inson irodasi, xulq-atvori konuniyatlarining o‘zaro ta'siri, alokadorligini to‘g‘ri kursatadi. Zero, o‘zligini anglay olgan millatgina o‘zga millatlarning urf-odatlari, an'analari, ye'tikodi, turmush tarzi va dunyokarashini tabiiy kabo‘l qiladi va hurmat qiladi.
Milliy o‘z-o‘zini anglash sub'ektlar ma'na-viyatida psixologik fenomen sifatida ifoda-lanadi, amalga oshadi. Ma'naviyat - murakkab va kup ma'noli tushuncha. U inson ongi, fikri, ye'tikodlarining kup tomonlari, madaniy me-ros va zamonaviy ilmiy va adabiy qadriyatlarning tizimi, urf-odatlar, marosimlar, diniy ye'tikodlarni kamrab oladi. O‘z navbatida, sanab utilgan xodisalarning har biri kupgina aniq qadriyatlardan tashqil topgan.
Sunggi vaqtlarda milliy o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan qiziqish nafakat ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, tarixiy, balki psixologik yondashuvlarda ham ko‘zatilmokda.
Shunday qilib, o‘zlikni anglash ong osti darajasida hosil bo‘lib, tafakkur darajasida namoyon bo‘ladi; o‘zining milliy xususiyatlarini saklab kolishga intilayotgan individlar karashlarini aks yettiradi.
O‘z-o‘zini anglash quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) kuniktirish;
2) ximoyalash;
3) bilish;
4) o‘zini nazorat qilish.
Kuniktirish funkqiyasi - hayotiy faoliyat da-vomida individning milliy xususiyatlariga o‘rganishi. Bu jarayonda asosiy rolni o‘zida qadriyatlarning xususiyat tizimini saklaydigan til uynaydi. Shu bilan birga bu yerda tarixiy voqealarga tayanish, qahramonlar, milliy madaniyat namoyondalariga ham tayaniladi. Til o‘rganish orkali shaxs milliy madaniyat olamiga kirib boradi.
O‘zini nazorat qilish va javobgarlik funkqiyasi ham bu jarayonlarda zarur bo‘lib, milliy o‘zlikni anglash baxslardan xoli yemas, ya'ni o‘zlikni anglash asoslarining bo‘zilishi ijti-moiy harakatga ta'sir yetadi. Javob reakqiyasi madaniy xulqning ichki darajasiga bog‘lik bo‘ladi.
Har bir halqning tarixi murakkablik va qarama-qarshiliklarga tuladir.
Shu sababli, har bir halqning harakteri ham murakkab va geografik ta'sirga yega. Milliy harakter 2 guruxga bo‘linadi: tabiiy-biologik va ijtimoiy-madaniy. Birinchi gurux omillarida turli ijtimoiy katlamga mansub kishilar o‘ziga xos turlicha me'yorlarni o‘zida aks yettiradi; reakqiya va temperament, jamiyat unda turli qadriyatlar tizimi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, milliy o‘zlikni anglash mada-niyat bilan belgilanib, milliy harakter dara-jasida namoyon bo‘ladi.
Yukoridagi fikrlarga asoslanib quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
Milliy tafakkurning ishchi xususiyatlari -millat tasavvurlarini xuddi o‘ziniki sifatida kabo‘l qilish, uning kaysidir yetnik jamiyatga tegishliligini tushunish, mamlakatni diniy birlik, til hamda an'analar, qadriyat va boshka jamiyatlarga hurmat orkali muhimlashtirish. Bu yunalishda uchta asosiy omil kursatilgan. Ularning asosida esa to’rtta asosiy milliy tafakkur xususiyatlari ajratiladi:
a) har bir millat o‘zini soqial sub'ekt sifatida kabo‘l qilishi;
b) milliy, diniy faoliyat stimuli;
v) boshka yetnosdagilar;
g) ularning ishonchiga hurmat bilan karash.
Milliy o‘z-o‘zini anglagan insongina Vatan qadrini biladi. Vatan yesa tuFilib usgan kish-lokdan boshlanadi. O‘z-o‘zidan ma'lumki, inson kachonki mening Vatanim, yurtim, joyim degan ongli tushunchaga yega bo‘lsagina, ushbu halq, millat dardida yonib yashaydi, uning ravnaki uchun o‘zini fido qiladi. Bunda ta'lim tizimining ahamiyati katta. Chunki ta'lim faoliyati inson-ning dunyokarashini shakllantirib, kelgusi mexnat faoliyatining samarali bo‘lishi, faro-von kelajagini ta'minlaydi.
Taklif va xulosa sifatida quyidagi fikrlarni keltirmokchimiz:
- ta'lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy-axloqiy sifatlarni singdirish orkali o‘zligini anglashga yordam beradigan differenqial pedagogik-psixologik dasturlarni yaratish;
- darslik, o‘quv kullanmalarda milliy-axloqiy sifatlar, qadriyatlar, ajdodlarimiz me-rosini aks yettiruvchi manbalardan unumli foy-dalanish;
- ta'lim muassasalarida ma'naviy-axloqiy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga kutarish, yoshlar dunyokarashiga ta'sir qiluvchi turli madaniy, siyosiy, ijtimoiy tadbirlarni tashqil yetish;
- pedagog qadrlarni ma'naviy-axloqiy bilimlarini chukurlashtirish, o‘z fanining sirlarini yoshlarga yetkazishda milliy Furo‘rni shakl-lantiruvchi tarixiy manbalardan foydalanish;
- yoshlar bilan turli sohaning yetakchi, namunali, ya'ni zamonamiz qahramonlari bilan davra suxbatlari va uchrashuvlar o‘tkazish; ularda ma'naviy axloqiy sifatlarni rivojlantirish uchun yosh va pisixologik xususiyatlarni hisobga olish;
- yosh davrlarga mos tarbiya vositalari va metodlari, psixologik ta'sir o‘tkazuvchi usullarni tanlay bilish;
- yoshlarda milliy o‘z-o‘zini anglashni shakl-lantirishda muborak qadamjolarni ziyorat qilish, tarixiy maskanlarga sayohat uyushtirish, halq og‘zaki ijodi bilan yakindan tanishtirish g‘oyat muhim.



Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling