1-mavzu: Oziq-ovqat kimyosini rivojlanishi Reja


Oziq-ovqat sanoatida biotexnologiyaning о‘rni


Download 20.33 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi20.33 Kb.
#255044
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу

3. Oziq-ovqat sanoatida biotexnologiyaning о‘rni

Biotexnologiyaning rivojlanishi nafaqat an’anaviy biotexnologik jarayonlarning takomillashuvi, samaradorligining oshishi va avtomatlashtirilishi bilan balki, batamom yangi jarayonlarni ishlab chiqarish bilan ham belgilanadi.

Yangi jarayonlarni ishlab chiqish deganda avvalo quyidagilar inobatga olinadi: ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish (oqsillar, amino va organik kislotalarni, vitaminlar va fermentlarni olish uchun achitqilar, suv о‘tlari va bakteriyalarni keng kо‘lamda yetishtirish); qishloq xо‘jaligi о‘simliklarining mahsuldorligini oshirish (in vitro tо‘qimalari asosida о‘simlik turlarini saralash; bioinsektitsidlar).

Shunday qilib, biotexnologiya mohiyati jihatidan bakteriyalar, hayvonlar va о‘simliklar hujayralarining metabolizmi va BIOSintetik imkoniyatlaridan foydalanib, о‘ziga xos maxsus moddalarni ishlab chiqarishdan boshqa narsa emas.

1978 yilda tashkil etilgan Yevropa biotexnologiya federatsiyasining ta’rificha, biotexnologiya biokimyo, mikrobiologiya, genetika va kimyoviy texnika bilimlari va uslublarini qо‘llash asosida texnologik jarayonlarda mikroorganizmlar va hujayralarning xossalaridan foydali tomonlarini ajratib olish imkonini beradi. U oson olinadigan va yangilanadigan resurslar yordamida insonning hayoti va farovonligi uchun muhim bо‘lgan moddalar va birikmalarni olish imkoniyatini yaratadi.

Sanoat miqyosida shunga о‘xshash texnologiya bioindustriya hisoblanadi (2-jadvalga qarang). Ovqatlanish mahsulotlarni yetishmovchiligi va oqsil kamyobligi kabi muammolarni hal qilish uy hayvonlarini boqish uchun muhim komponent hisoblangan aminokislotalarni ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish hisobidan, bir hujayralilar oqsilini olish uslubini ishlab chiqish, parafinlar yoki boshqa xom ashyolarni (tsellyuloza, agrosanoat yoki qishloq xо‘jalik chiqindilari, oqar suv) qayta ishlash, hamda о‘simliklarni yuqori samarali turlarini tanlash yo’li hisobidan biotexnologiya yordamida amalga oshiriladi. Istiqbolda rekombinat DNK usullari asosida biotexnologiya о‘simlik oqsillari sintezini о‘zlashtirish va sun’iy fotosintezga va azotli fiksatsiyalashga erishishiga imkoniyat yaratadi (yordamlashadi).



2-jadval


Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling