1-mavzu: Oziq-ovqat kimyosini rivojlanishi Reja


Download 20.33 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi20.33 Kb.
#255044
  1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу


1-mavzu: Oziq-ovqat kimyosini rivojlanishi

Reja

  1. Oziq-ovqat mahsulotlari kimyosining rivojlanish tarixi.

  2. Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari.

  3. Oziq-ovqat sanoatida biotexnologiyaning о‘rni.


Adabiyotlar: 1, 2, 3
Tayanch sо‘z va iboralar: ovqatlanish, nutrientlar, oziq-ovqat kimyosi, biotexnologiya.
1. Oziq-ovqat mahsulotlari kimyosining rivojlanish tarixi

Oziq-ovqat muammosi doimo kishilik jamiyati oldida turgan eng muhim muammolardan biri bо‘lib kelgan.

Inson о‘zining yashashi uchun barcha narsalarni, kisloroddan tashqari, ovqatdan oladi. U sutkasiga 800 g gacha (suvdan tashqari) oziq-ovqat mahsulotlari va 2000 g ga yaqin suv iste’mol qiladi. 1904 yilda I.P.Pavlov, Nobel mukofotini topshirish marosimida shunday degan: "Rizq-rо‘z tо‘g‘risida о‘ylash inson hayotidagi barcha hodisalar ustidan behuda hukmronlik qilmaydi".

Hozirgi vaqtda kurrai-zaminimizda 6 mlrd. dan ortiq kishi yashamoqda, 2010 yilga borib bu raqam 7-7,5 mlrd. ga yetishi mumkin. Hozirgi paytning о‘zida 4 mln. tonnadan ortiq ovqat iste’mol qilinmoqda, aholi soni ortishi bilan tabiiyki, ovqatga bо‘lgan talab ham ortib boradi. Insoniyat oziq-ovqat mahsulotlarning, ayniqsa, oqsil mahsulotlari tanqisligini boshdan kechirib kelmoqda. Biroq ovqat iste’mol qilishni о‘sishining о‘zi ovqatlanish bilan bog‘liq bо‘lgan barcha muammolarni hal qila olmaydi. U ratsional bо‘lishi, ovqatlanish tо‘g‘risidagi fanning asosiy qoidalariga mos kelishi, fanning talablarini oziq-ovqat sanoati rivojlanishining strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olinishi kerak.



Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling