1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari
Inson atrof-muhitdan oladigan ma‟lumotlarni 90% ini ko„zi orqali oladi, qolgan 10%i eshitishga, hid bilishga va intiutsiyaga to„g„ri keladi. Demak inson ko„zi faqat yoritilganlik tufayligina ko„rishini hisobga olsak, yoritilganlikning ishlab chiqarishda va umuman hayotda juda katta ahamiyatga ega ekanligi to„g„risida tasavvurga ega bo„lamiz. Ishlab chiqarishda jarohatlanishni kamaytirishning muhim omillaridan biri – bu ish joylarini, o„tish yo„llari va yo„laklarni, omborlarni to„g„ri yoritish va yorug„likni bir tekis tarqatishdan iborat. Yoritilganlik yetarli bo„lmasa yoki muqobil joylashtirilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo„lishi mumkin. Yoritilganlik me‟yorida bo„lsa, ishlab chiqarish xavfsiz bo„lib, mehnat unumdorligini oshishiga va ishlab chiqarish maxsulotining sifatli bo„lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning yoritilishi miqdoriy va sifat ko„rsatkichlariga ega. Miqdoriy ko„rsatkichlarga yorug„lik oqimi, yoritilish darajasi, sirtning ravshanligi, yorug„likni qaytarish koeffitsienti kiradi. Yorug„lik oqimining birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan. Yorug„lik oqimi deb nur quvvatiga aytiladi: F = I ∙ V, Bu yerda: I – yorug„lik kuchi, V – yorug„lik kuchining moddiy burchagi. Yorug„lik kuchi yorug„lik oqimining, u tarqalayotgan moddiy burchagiga nisbatidan iborat: I = F / V, Yorug„lik kuchi kandel (kd) birlikda o„lchanadi. Yoritilganlik (E) yorug„lik oqimining sirtdagi zichligini ifodalaydi va lyuks (lk) birligida o„lchanadi: E = F / S, Bu yerda: S - yoritilganlik sirtining yuzasi, m 2 . Agar yorug„lik oqimining sirt zichligi 1 lm/m 2 bo„lsa, sirtning yoritilganligi 1 lk ga teng bo„ladi. Sirtning ravshanligi L (kd/m 2 ) ko„rib chiqilayotgan yo„nalishda nur sochayotgan yorug„lik kuchining ushbu yo„nalishga perpendikulyar tekislikdagi proeksiyasiga nisbatidan topiladi: L = I / S ∙ cosα Ko„zning ko„rish holatini belgilovchi ishlab chiqarish yoritishining asosiy sifat ko„rsatkichlariga: fon, ob‟ektning fondan farqi (kontrast), ko„ruvchanlik va boshq. kiradi. Fon (P) qaralayotgan ob‟ektga tutashib turgan sirtning qaytarish xossasini belgilaydi. P<0,4 bo„lganda yorug„ fonni ko„z yaxshi ko„radi; . P=2,0-0,4 bo„lganda fon o„rtacha, P>2,0 bo„lganda fon ko„rinmaydi, ya‟ni yo„q hisoblanadi. Ob‟ektning fondan farqi (kontrasti - K) yonma-yon turgan ikkita yorug„lik maydonlarining ravshanligidagi farqi xususan, L f bilan qaralayotgan ob‟ekt L ob o„rtasidagi farq orqali aniqlanadi: K = (L f - L ob ) / L f. Ob‟ekt bilan fonning ravshanliklarida farq bo„lganda, ob‟ekt fonda ko„rinadi. Qamashtirish ko„rsatkichi – yoritish qurilmasining ko„zni qamashtiruvchi ta‟sirini baholash mezonidir, bu ta‟sir natijasida ko„z qamashadi. Yoritilganlikni o„lchash va nazorat qilish uchun lyuksometr asbobidan foydalaniladi. Uning ishlash prinsipi fotoelektr effektiga asoslangan. Fotoelementga yorug„lik tushishi bilan galvanometr ulangan elektr zanjirida fototok hosil bo„ladi, bu esa o„z vaqtida milliampermetrning strelkasini uning shkalalarga bo„lingan qiymatlariga mos ravishda og„diradi. Lyuksometrlarda selenli fotoelementdan foydalanish tavsiya etiladi, chunki uning spektr sezgirligi ko„zning spektr sezgirligiga mos keladi. Ishlab chiqarish xonalari, xizmat va maishiy xonalarni yoritishda tabiiy va sun‟iy yoritish manbalaridan foydalaniladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling