1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Nazorat savollari: 
 
1.Texnosfera deganda nimani tushunasiz? 
2.Texnosferani biosferadan nima farqi bor? 
3.Texnosfera omillari fanining mohiyati nimadan iborat? 
4.
Texnosferaning xavfsizlik mezoni nimada?


2-mavzu: Paxta va to’qimachilik sanoatida texnosferik omillar fanining 
nazariy asoslari (Yashash muxiti evolyusiyasi, texnosferaga o‘tish) 
 
Reja: 
1. Paxta va to‟qimachilik sanoatida texnosferik omillar sohasidagi davlat 
siyosati.
2. Paxta va to‟qimachilik sanoatida texnosferik omillarni muhofaza qilishni 
davlat iqtisodiy va ijtimoiy siyosati bilan muvofiqlashtirish. 
3.Tabiatni muhofaza qilishga oid xalqaro hamkorlik va xorij tajribalari. 
Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy tizimi.
4.Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi va uni ta‟minlash usullari. Tabiatni 
muhofaza qilish sohasida nazorat tashkilotlari. 
 
Yashash muhiti evolyusiyasi, texnosferaga o‘tish 
“Tabiat-inson-jamiyat» tizimining evolyusion rivojlanishi tarixida beshta 
ijtimoiy-ekologik bosqichni ajratish mumkin. 
Taraqqiyotning dastlabki bosqichida aholi sonining o„sishi oziq-ovqat 
yetishmasligi, yirtqich hayvonlar, iqlim sharoitlari kabi omillar ta‟sirida 
cheklangan. Uzoq vaqt davomida insonlar tayyor maxsulotlarni yemish uchun 
terganlar va ov bilan kun kechirganlar. Insonlar tabiiy sharoit va oziq-ovqating 
mavjudligiga to„la qaram bo„lgan.
40 ming yil oldin yer yuzida aholi soni 10 mln. kishidan ortgan. Keyingi 30 
ming yil davomida mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, hayvonlarni 
xonakilashtirish, ayrim o„simliklarni yetishtirish bilan insoniyat ovqat ta‟minoti 
masalasini asosan hal qilgan. Bu davrda insonlarning atrof-muhitga ta‟siri mahalliy 
darajada bo„lgan. Bu davr ibtidoiy bosqich davri deb yuritiladi. Keyinchalik 
dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan insonlar yaxshiroq yashashga 
o„ta boshladilar va jamiyat shakllangan. Insonlarning atrof-muhiitga ta‟siri 
xarakteri va miqyosi o„zgargan. 
10 ming yil oldin oziq yetishmasligi va tabiiy sharoitlarning cheklovchi roli 
yana ham kamaygan. Yer yuzida aholi soni 50 mln. kishidan ortgan. Dastlabki 
antik shaharlar vujudga kelgan, madaniyat rivojlangan. O„simlik va hayvonlarning 
hayot tarzi, yashash sharoitlari va moslashishlari sonining o„zgarishlari haqidagi 
dastlabki ekologik bilimlar eramizdan avvalgi asarlarda qadimgi Rim va 
Yunonistonda vujudga kelgan. Bu davrga kelib tabiatga inson ta‟sirining 
kuchayishi – o„rmonlarning kesilishi, yerlarning sho„r bosishi, dastlabki 
cho„llashish vaziyatlari kuzatilgan. Antropogen ta‟sir natijasida, ayrim hayvon 
turlari qirilib ketgan, alohida noyob o„simlik va hayvon turlari muxofaza qilingan. 


Bu davr agrar bosqich davri deb yuritiladi. Keyinchalik insonlarning atrof tabiiy 
muhitga ta‟siri kuchayib borgan. 
O„rta asrlarga kelib aholi soni 500 mln. kishidan ortgan. O„rta Osiyoda 
dastlabki ekologik bilimlar vujudga kelgan. Yevropada Uygonish davrida ekologik 
bilimlar rivojlangan. XVIII asrning oxirlarida, 1784 yilda bug„ mashinasining 
ixtiro qilinishi bilan insoniyat tarixidagi industrial bosqich boshlangan. Bu davrga 
kelib inson xilma-xil tabiiy resurslardan foydalana boshlagan, antropogen modda 
almashinuvining ko„lami oshgan. 
XIX asrda aholi soni 1 mlrd. kishidan oshgan, tabiiy resurslarni qazib olish 
va ishlatish hajmi o„sgan, ayrim o„simlik va hayvon turlari qirilib ketgan. Atrof-
muhitning ifloslanishi kuchaya boshlagan. XIX asrning ikkinchi yarmidan jamiyat 
tarixidagi texnogen bosqich boshlangan. XX asrda tabiat va jamiyat munosabatlari 
keskinlasha boshlagan. Asosiy mineral xom-ashyo resurslarining yetishmovchiligi, 
isrofgarchilik bilan o„zlashtirilishi noxush ijtimoiy-siyosiy va ekologik oqibatlarga 
sabab bo„lgan. 
Aholi sonining o„sishi, tabiatga ta‟sirning kuchayishi natijasida mahalliy, 
regional, dunyo miqyosidagi global ekologik muammolar kelib chiqdi. Yadro 
energiyasidan keng foydalanila boshlandi. Inson kosmosga chiqib, Oyni zabt etdi. 
Jamiyat taraqqiyotining noosfera (“noos”-aql, “sfera”- qobiq) bosqichiga o„ta 
boshladi. 
Odamzot jamiyat taraqqiyotining barcha o„timlarida yashash muhitiga ta‟sir 
qilib turadi. Bu taraqqiyotning ta‟siri yuqorida ta‟kidlab o„tilganidek, ko„plab 
asrlar davomida sezilarsiz darajada kam bo„lgan bo„lsa, XIX asrning yarmidan 
boshlab bu ta‟sir keskin orta bordi. 
XX asrda planetamiz tabiatida antropogen ta‟sirning salbiy oqibatlariga 
uchragan hududlar paydo bo„ldi. Bu esa shu hududdagi tabiiy sharoitning qisman, 
ayrim holatlarda to„liq buzilishiga olib keldi. Bu o„zgarishlarga olib kelgan 
sabablar quyidagilardir: 
o Yer aholisi sonining o„sish darajasi yuqoriligi (demografik portlash) va 
uning urbanizatsiyasi; 
o Energetik resurslar ehtiyojining ortishi; 
o Sanoat va qishloq xo„jalik maxsulotlari ishlab chiqarishning jadal 
rivojlanishi; 
o Transport vositalarining juda ko„plab qo„llanilishi; 
o Harbiy maqsadlar va boshqa jarayonlar uchun harajatlarning ortishi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling